ASHXOBOD KAMPUSI

2-Maxtumquli ko'chasi va Kichik Halqa Yo'li ko'chasi kesishmasi, Toshkent, O'zbekiston, 100047.

TASHKENT CITY KAMPUSI

Furqat 4A Ko'chasi, Toshkent, O'zbekiston, 100021.

Maktabgacha ta’lim dasturi

Bizning shiorimiz "Invento ’da har bir lahza – bilim olish uchun imkoniyatidir" va shuning uchun maktabgacha ta’lim dasturi yosh o’quvchilarga ta’lim olishda bilimlarini kengaytirish imkoniyatini berishga mo'ljallangan. O'qituvchilarimiz ulardagi ijodkorlik, o'ziga ishonch va mustaqillikni rivojlantirish, shuningdek, boshqalar bilan ijtimoiy aloqada bo'lish orqali kuchli daxldorlik tuyg'usini kuchaytirish uchun imkoniyatlar yaratadi.

Kichik sinflarga mo’ljallangan, maktangacha ta’lim kampusimizda (PYP) o'quvchilar birinchi (1) Sinfga muammosiz o'tish uchun ko'nikmalarini shakllantirishni boshlaydilar. Bu ularga boshlang'ich maktab muhiti talablariga moslashishga yordam beradi. Biz bolalarga Xalqaro Bakalavriat pedagogika dasturi boʻyicha dars beramiz. Darslar IB sertifikatiga ega oʻqituvchilar tomonidan Ingliz tilida olib boriladi.

Ilk yoshdagi o'quvchilar o'z dunyolarini oltita (6) fanlararo mavzularning to'rttasi (4) orqali tadqiq etadilar: "Biz kimmiz?", "Biz o'zimizni qanday namoyon etamiz", "Dunyo qanday ishlaydi" va "Sayyora resurslaridan hamkorlikda foydalanish".

Rivojlantirishga qaratilgan o‘quv materiallari, tasviriy va ijro san’ati, jismoniy tarbiya, shuningdek ichki va tashqi maydonlar – bularning barchasi o‘qituvchilar jamoasi tomonidan o'quvchilarning ta'lim olish imkoniyatlarini yaxshilash, jalb qilish va kengaytirish maqsadida foydalaniladi.

Batafsil: www.ibo.org