ASHXOBOD KAMPUSI

2-Maxtumquli ko'chasi va Kichik Halqa Yo'li ko'chasi kesishmasi, Toshkent, O'zbekiston, 100047.

TASHKENT CITY KAMPUSI

Furqat 4A Ko'chasi, Toshkent, O'zbekiston, 100021.

O’rta sinflar dasturi

MYP da talabalar ishtirok etadigan sakkiz (8) asosiy yo’nalish mavjud: Til va Adabiyot (Ingliz, Rus va O‘zbek tillari), Til o‘rganish (Ingliz, Rus va O‘zbek tillari), Matematika, tabiiy fanlar, Inson va Jamiyat, Dizayn, San’at, Jismoniy tarbiya va Sog’lom Turmush Tarzi. O'qituvchilar, shuningdek, fanlararo ta'lim uchun imkoniyatlar yaratadi va fanlar o'rtasidagi aloqalarni oshirish uchun o'quv birliklarini uyg'unlashtiradi.

MYP da o'quvchilar o‘z ko‘nikmalari va bilimlarini yaxshilash uchun o'z oldilariga tegishli maqsad qo‘yadilar va muayyan fan sohasidagi yoshiga xos ta’lim natijalaridan xabardor bo'ladilar.  MYP da o'qish qiziqarli, maqsadga yo’naltirilgan va manfaatli bo'la oladi.

MYP o'qituvchilari samarali va informatsion topshiriqlarni ishlab chiqish uchun ta'lim maqsadlari va o'quv natijalaridan foydalanadilar. MYP sinfida o'qish ishonchli va amaliy hisoblanadi. O‘quvchilar topshiriqlarni barcha fan yo‘nalishida tushunish, o‘qish va o‘sishni namoyish etishi uchun turli usullar bilan bajaradilar. O'qituvchilar o'quvchilarning o'sishini qo'llab-quvvatlash uchun ularning ishlarini kuzatib, tahlil qilib boradilar, hamda o'quv natijalariga nisbatan o'quvchilarning qobiliyati haqida hisobot berib boradilar.

Batafsil: www.ibo.org