ASHXOBOD KAMPUSI

2-Maxtumquli ko'chasi va Kichik Halqa Yo'li ko'chasi kesishmasi, Toshkent, O'zbekiston, 100047.

TASHKENT CITY KAMPUSI

Furqat 4A Ko'chasi, Toshkent, O'zbekiston, 100021.

Boshlang'ich sinflar dasturi

PYP ga nomzod maktab sifatida IUIS Oʻzbekiston milliy oʻquv dasturining tarkibiga muvofiq PYP tamoyillariga amal qiladi. Dastur o’quvchilarni oltita fanlararo mavzularni o'rganishga va ular orasidagi aloqalarni ko'zdan qochirmaslikka chaqirish orqali o'quv dasturiga mahalliy va global muammolarni kiritadi. Mavzularga “Biz kimmiz?”, “Zamon va makondagi o'rnimiz”, “Dunyo qanday ishlaydi”, "Sayyora resurslaridan hankorlikda foydalanish", “Biz o'zimizni qanday namoyon qilamiz?” kabi mavzular kiradi.

PYP ta'lim va o'qitishni jonlantiradi hamda maktab hamjamiyati va madaniyatini takomillashtiradi. O‘quvchilarning yangi bilimlarni egallashi, o‘qituvchilarning o‘quv jarayonini qanday amalga oshirishi, shuningdek, samarali baholash tamoyillari va amaliyoti tadqiqotlariga asoslanib, Dastur muammolarni o'rganishga yo‘naltirilgan (tadqiqot) ta’limga jiddiy e'tibor qaratadi.

PYP ning shakllanishi davomida barcha o‘quvchilarga ularning maktab va undan tashqaridagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun, o‘quv jarayoni bilan bir qatorda, o'quvchilarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan yaxlit va muvozanatlashtirilgan dastur taqdim etiladi.  O‘quvchilar tadqiqot predmetlari, matematika, ingliz tili, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, rus tili, o‘zbek tili va musiqa bo‘yicha mustaqil va integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi.

Batafsil: www.ibo.org