ASHXOBOD KAMPUSI

2-Maxtumquli ko'chasi va Kichik Halqa Yo'li ko'chasi kesishmasi, Toshkent, O'zbekiston, 100047.

TASHKENT CITY KAMPUSI

Furqat 4A Ko'chasi, Toshkent, O'zbekiston, 100021.

Invento UIS haqida

INVENTO The Uzbek International School IB PYP va IB MYP nomzod maktabidir*. INVENTO UIS IB maktablari bilan bir qatorda talabalar uchun sifatli xalqaro ta'lim berishdek umumiy falsafa tarafdori bo'lib, IB jahon maktabi sifatida avtorizatsiyani olishga intilmoqda.

(*Faqat IB tashkiloti tomonidan vakolat berilgan maktablar o'zlarining to'rtta akademik dasturlaridan birini taklif qilishlari mumkin:
boshlang'ich ta'lim dasturi (PYP), o'rta ta'lim dasturi (MYP), diplom dasturi (DP) yoki kasbiy ta'limga yo’naltirilgan dastur(CP). Nomzodlik maqomi avtorizatsiyani kafolatlamaydi. IB va IB dasturlari haqida ko'proq ma'lumot rasmiy veb-saytda mavjud www.ibo.org)

INVENTO The Uzbek International School (IUIS) 2019-yilda tashkil etilgan bo'lib, 2020-yil yanvar oyida Furqat ko'chasida o'z eshiklarini ochdi va birinchi kuni yigirma besh (25) o'quvchini qabul qilgan edi. Ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli, ta’lim jarayonini 2020-yil iyungacha kechiktirishga to’g’ri keldi. Iyul oyida esa 2020-2021-o’quv yilini boshlash maqsadida, maktabning asoschi direktori Caroline Fogiel safimizga qo’shildi. Bir yil o'tgach, biz Ashxobod bog'ida boshlang'ich va o'rta maktab dasturi bo'yicha ta'lim tizimi yo'lgan qo'yilgan yangi kampus ochdik. Hozirda esa ikkita kampus o'quvchilari soni 400 ga yaqin.

IUIS oʻquvchilarimizni doimiy oʻzgarib borayotgan dunyo chaqiriqlariga yaxshiroq tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston va mazkur mintaqada Xalqaro Taʼlimni rivojlantirishda yetakchilik qilishni maqsad qilgan.

 

 

 

Bizning burchimiz

INVENTO The Uzbek International School‘da biz bolaning o‘z noyobligi va qobiliyatiga munosabatini rivojlantirish orqali uning imkoniyatlarini kengaytirishga intilamiz. INVENTO'dagi ta'lim tizimi tevarak muhitni chuqurroq va mazmunli tushunishni ta'minlash orqali o'quvchilarga sog'lom munosabatlar o'rnatish ko'nikmalarini singdiradi. Biz o'quvchilarning rivojlanishiga yo‘naltirilgan, puxta ishlab chiqilgan ko'p tilli dastur orqali, ularning internatsional fikrlashini kengaytirish uchun, ularda hayoti davomida o‘qish-o'rganishni odat tusiga aylantirish bilan birgalikda mustahkam akademik asoslar yaratishga yordam beramiz.

Rivojlanish konsepsiyasi

INVENTO UIS talabalari ochiq dunyoqarash, bilim, hamjihatlik va maqsad bilan o'z jamiyatlariga xizmat qiladi. Ular qiyinchiliklarga samarali moslashish va ijobiy o'zgarishlar agenti sifatida mazmunli rolni o'z zimmalariga olish uchun 21-asr ko'nikmalari bilan qurollanadilar. Ular o'zlarining madaniy o'ziga xosliklarini qadrlashadi va hamkorlik va integratsiya ruhida boshqalarni hurmat qilishadi.

Asosiy qadriyatlar

Biz o'quvchilarni tarbiyalashni maqsad qilganmiz:

HAMKORLIK

o’quv jarayoni bilan, tengdoshlari bilan, o’z hamjamiyati va umumiy olganda, dunyo bilan munosabatga kirishuvchi

MUKAMMALLIK

hayoti davomida yangiliklarni o'rganishni to'xtatmaslik, o‘zini mutaxassis va shaxs sifatida rivojlantiruvchi

YANGI IMKONIYATLAR

o’z imkoniyatlarini kengaytiruvchi, kerakli vaqtda to'g'ri qaror qabul qilish uchun o'z ko’nikmalarini rivojlantiruvchi