ASHXOBOD KAMPUSI

2-Maxtumquli ko'chasi va Kichik Halqa Yo'li ko'chasi kesishmasi, Toshkent, O'zbekiston, 100047.

TASHKENT CITY KAMPUSI

Furqat 4A Ko'chasi, Toshkent, O'zbekiston, 100021.

Caroline Fogiel

Caroline Fogiel

Akademik direktor

15 yillik Avstraliya, Osiyo va Yevropadadagi xalqaro ta'lim tajribamdan so'ng, men 2020-yil 1-iyulda INVENTO UIS safiga qo'shildim. IIkki hafta o‘tgach, majburiy o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimining ikkinchi to‘lqini sodir bo'ldi va men butun maktab jamoasini Zoom platformasi orqali o‘qitish va o‘rgatish jarayoni bilan tanishtirdim. Biz bolalar bog‘chasida onlayn ta’lim berishni Toshkent shahrida birinchilardan bo‘lib yo’lga qo’ydik. Bu INVENTO UIS’da tadqiqotlarga yo‘naltirilgan ta’lim va o‘qitishga asoslangan yangi pedagogik usullarni, maktabgacha ta’lim uchun mo‘ljallangan Xalqaro Bakalavriat dasturini taqdim etish va o‘qituvchilarning fanlararo jamoalarini yaratishni joriy etishdagi hayajonli sayohatning boshlanishi edi.

Biz INVENTO jamoasi hamda maktab maslahatchi bilan birgalikda jamiyat va maktab o'rtasidagi aloqalarni barpo etmoqdamiz, bunda ekskursiyalar va ota-onalar bilan uchrashuvlarning o’rni katta. Ikkinchi o'quv yilimizning oxiriga kelib biz Ashxobod bog'ida ikkinchi kampusimizni ochdik, u yerda o'zbek o'quv dasturini kengaytirgan holda 1-8-sinflar uchun boy, 21-asr ta'lim talablariga javob beradigan o'quv dasturini ishlab chiqdik. 2022-2023 o'quv yili boshida esa 9-sinf ochiladi.

Jamiyatimiz ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish uchun mahalliy va global kontekstlarni birlashtirgan INVENTO o'zbek xalqaro maktabida har bir lahza bilim olish uchun imkoniyatdir. Men shunday jonkuyar o'quv jamoasidan joy olish sharafiga muyassar bo'lganimdan va Toshkentni o'z uyim deb atashdan baxtiyorman.

Katta rahmat!