ASHXOBOD KAMPUSI

2-Maxtumquli ko'chasi va Kichik Halqa Yo'li ko'chasi kesishmasi, Toshkent, O'zbekiston, 100047.

TASHKENT CITY KAMPUSI

Furqat 4A Ko'chasi, Toshkent, O'zbekiston, 100021.

Maktabning shakllanish tarixi

2020-yilda maktabgacha ta’lim uchun Invento The Uzbek International School (IUIS) kampusi Toshkentda kichik sinflar uchun Xalqaro bakalavriat (IB PYP Early Years) dasturida ishtirok etish uchun nomzod sifatida ariza bergan birinchi o‘zbek maktabi bo‘ldi.

 

Xuddi shu yili Xalqaro Bakalavriat (IB) dasturida qatnashish uchun ruhsat olingach, ushbu yo’nalishni kengaytirish g'oyasi paydo bo'ldi. Bu kichik sinflar uchun Xalqaro bakalavriat dasturiga (IB Primary Year Program, PYP) nomzod maktab maqomimizni rivojlantirishga e’tibor qaratgan ikkita (1) sinfni ochishimizga sabab bo‘ldi. Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy o‘qituvchilar jamoasi bilan tajriba almashish, shuningdek, xalqaro ta’lim standartlarini Toshkent hamjamiyatiga yetkazish maqsadida, safimizga xalqaro tajribaga ega trenerlar qo‘shildi. O‘quvchilarni jalb qilish, doimiy takomillashtirish va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, muammolarga yo‘naltirilgan (tadqiqot) ta’lim va o‘qitish, fanlararo yondashuv, internatsional fikrlash kabi ko'nikmalar o‘quv hamjamiyatimizga taqdim etildi. Xalqaro bakalavriat o‘quvchisining profiliga muvofiq, biz tanqidiy fikrlashni, kommunikativ ko‘nikmalarni, shuningdek, mahalliy va global atrof-muhitga nisbatan hamdardlik va mas’uliyat hissini rivojlantiramiz. Maktab o‘quvchilari ilk yoshlik davrlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan sensorli, badiiy va sport ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish uchun ko‘plab sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan yaxlit va muvozanatlshtirilgan ta’lim oladilar. Biz bolaga umumiy nazar bilan, shuningdek, uning ko'nikmalari va qobiliyatlariga alohida e’tibor bilan qaraymiz. Har bir o‘quvchi biz uchun muhim va biz ularning o'ziga va intilishlariga urg'u bergan holda, har biriga alohida e’tibor qaratamiz.

2021-yil sentabr oyi bizning ikkinchi kampusimizning ochilishini yangi talabalar hamda yangi mahalliy va xalqaro oʻqituvchilarning kelishi bilan nishonladi, ular bizning taʼlim hamjamiyatimizni yanada rivojlantiradi. Ushbu yangi kampus Toshkentning Ashxobod tumanida joylashgan bo'lib, boshlang'ich va o'rta maktab yoshidagi o'quvchilarni qabul qiladi. Ushbu o'sish darajasi 2025 yilgacha IB Jahon maktabiga aylanish maqsadimizga mos keladi.