O'rta sinflar dasturi (MYP)

INVENTO The Uzbek International School IB MYP nomzod maktabidir*. INVENTO UIS IB maktablari bilan bir qatorda talabalar uchun sifatli xalqaro ta'lim berishdek umumiy falsafa tarafdori bo'lib, IB jahon maktabi sifatida avtorizatsiyani olishga intilmoqda.

(*Faqat IB tashkiloti tomonidan vakolat berilgan maktablar o'zlarining to'rtta akademik dasturlaridan birini taklif qilishlari mumkin: boshlang'ich ta'lim dasturi (PYP), o'rta ta'lim dasturi (MYP), diplom dasturi yoki kasbiy ta'limga yo’naltirilgan dastur(CP). Nomzodlik maqomi avtorizatsiyani kafolatlamaydi. IB va IB dasturlari haqida ko'proq ma'lumot rasmiy veb-saytda mavjud www.ibo.org)

MYP dasturida o’qish davomida talabalar har bir fan bo'yicha o'z yosh guruhiga xos bo'lgan o'quv natijalarini yaxshi bilishadi, bu esa talabalarning ko‘nikmalari va bilimlarini yaxshilash uchun o'z oldilariga tegishli maqsad qo‘yishga yordam beradi. MYP dasturida o’qish qiziqarli, rag'batlantiruvchi va foydali bo'lishi mumkin.

O'rta sinf o'quvchilari fanlarni global miqyosda o'rganishadi, shuningdek o'qituvchilar fanlararo ta'lim uchun imkoniyatlar yaratadilar va fanlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun o'quv birliklarini uyg'unlashtiradilar.

Bizning O'rta Sinflar Dasturi bilan tanishing