Invento – haqiqiy hayajon va sarguzashtga boy maskan

Biz haqimizda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling

2025-2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Ariza topshiring va INVENTO UISda ta’limni boshlang!

Invento the Uzbek International School haqida

Biz maktabimizda o‘zbek ta’limining boy an’analarini xalqaro bakalavriatning ilg‘or dasturlari bilan uyg‘unlashtiramiz. Bu dasturlar kichik (PYP), o‘rta (MYP) va katta (DP) yoshdagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.

Biz 2024-yil aprel oyida “IB Xalqaro Maktabi” (IB World School) maqomini qo‘lga kiritganimizdan faxrlanamiz. Bu bizning yuqori ta'lim sifati va innovatsion yondashuvlarga intilishimizni tasdiqlaydi.

Invento UIS hamjamiyatining bir qismiga aylaning! Bu yerda har bir bola orzularini ro‘yobga chiqarish, har tomonlama rivojlanish va qiziqarli hamda samarali ta’lim olish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

450+
o‘quvchi
80+
professional o‘qituvchi
65+
jihozlangan sinf xonalari
2 kampus,
Xavfsizlik 24/7
Bizning do‘stona oilamizda 450+ nafar o‘quvchi
2 kampus,
Xavfsizlik 24/7
Bizning do‘stona oilamizda 450+ nafar o‘quvchi

Ta’lim dasturlari

Xalqaro Bakalavriat (IB) butun dunyo miqyosida e’tirof etilgan ta’lim dasturidir. IB dasturlari bitiruvchilari dunyoning nufuzli universitetlariga kirib ta’lim olish va global jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyor bo‘ladilar. Shuningdek, biz Inventoda ta’lim jarayonining uzluksizligi bilan faxrlanamiz: Dasturimiz bolalar uchun 2 yoshdan boshlab shakllantirilgan bo‘lib, ularni 12-sinfni muvaffaqiyatli tugatgunlariga qadar qo‘llab-quvvatlab boramiz.

Invento the Uzbek International School – bilim va imkoniyatlarga yo‘l ochuvchi maskan.

Biz o‘quvchilarimiz bilan birgalikda kelajakni bunyod etib, har bir kunni unutilmas ta’lim sayohatiga aylantirib bormoqdamiz.

Zulfiya Obidova
Bosh Direktor

IB dasturining an’anaviy ta’lim tizimiga nisbatan afzalliklari nimada?

Shaxsning mukammal rivojlanishi

IB dasturlari o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularning akademik, ijtimoiy, hissiy va jismoniy jihatlarini qamrab oladi. Akademik tayyorgarlikka e’tibor qaratish bilan bir qatorda, ijtimoiy ko‘nikmalar, hamdardlik va hissiy intellektni rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Bu shaxsiy o‘sish va jamiyatda muvaffaqiyatli muloqot qilish uchun muhim ahamiyatga ega.

Tanqidiy fikrlash va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish

O‘quvchilar ma’lumotlarni tadqiq qilish va tanqidiy baholashni, manbalarni tahlil etishni, o‘z fikrlarini asoslashni o‘rganadilar. Bu esa kelajakda fanlarni chuqurroq anglash va asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Ta’limda fanlararo yondashuv

Fanlar alohida o‘rganiladigan an’anaviy tizimdan farqli o‘laroq, IB dasturi turli sohalardagi bilimlarni uyg‘unlashtiradi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularga o‘zaro aloqalarni yaxshiroq anglashga va bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga yordam beradi.

Til tayyorgarligi

Invento'da o‘quvchilarning aksariyati uchun ingliz tili ona tili emasligi inobatga olingan holda, o‘quv mashg‘ulotlari ko‘p usulli ta’lim yondashuvlaridan foydalangan holda tashkil etiladi. O‘quvchilar ilk ta’lim bosqichidanoq bir nechta tilning uyg‘unlashgan muhitida bilim olishadi, bu esa ularning ko‘p tillilikni rivojlantirib, madaniy xilma-xillikni yaxshiroq anglashlariga imkon yaratadi.
Maktabga qabul