Erta Rivojlanish Dasturi (Early Years Programme)

Early Years PYP — bu IB tizimidagi birinchi bosqich bo‘lib, Primary Years Programme (PYP) dasturining boshlang‘ich darajasidir — eng yosh bolalar uchun mo‘ljallangan erta rivojlanish dasturi.

Invento maktabida Early Years dasturi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi va Toshkent Siti Kampusida — Erta Rivojlanish Maktabida amalga oshiriladi.

IB EY O'quv Dasturi

Maktabimizda EY dasturi 4 ta sinfga bo‘lingan:

  • Toddlers (2–3 yosh)
  • Early Years 1 (3–4 yosh)
  • Early Years 2 (4–5 yosh)
  • Preschool (5–6 yosh)

Dars kunlari aniq jadval asosida tashkil etiladi: 9:00 dan 15:30 gacha akademik darslar.

Dastur bolaning rivojlanishining olti asosiy yo‘nalishi atrofida qurilgan:

  • Jismoniy rivojlanish
  • Ijtimoiy va hissiy rivojlanish
  • Til rivojlanishi
  • Poznavatel rivojlanish
  • San’at va estetik rivojlanish
  • Mustaqillik rivojlanishi

Nima uchun Inventoda EY o‘rganish kerak?

Early Years o‘quvchilari:

  1. O‘yin, sensor va ijodiy faoliyatlar orqali o‘rganadilar
  2. Ingliz tilini tabiiy muhitda o‘zlashtiradilar
  3. Mustaqillik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar
  4. Maktab muhitiga va tartibga o‘rganadilar
  5. Keyingi bosqich — IB PYP boshlang‘ich maktabiga tayyorlanadilar

Inventoning maktabgacha ta'limdagi noyob yondashuvi

Invento Erta Rivojlanish Maktabi — bolalar bog‘chasi va maktabning eng yaxshi jihatlarini birlashtirgan yangi konseptsiya.

Har bir bolaning individual ehtiyojlariga hurmat bilan yondashamiz.

O‘qitish IB tavsiya etgan olti rivojlanish yo‘nalishi orqali tashkil etiladi.

1

Shaxsiyat va ijtimoiy rivojlanish (Who we are)

Bolalar o‘zlari, oilasi va his-tuyg‘ulari haqida ko‘proq bilib oladilar.

2

Ijtimoiy va madaniy dunyo (How we organize ourselves)

Jamiyat qanday tashkil etilganini o‘rganadilar.

3

Tabiiy fanlar va atrof-muhit (How the world works)

Tabiat hodisalari va oddiy ilmiy tushunchalar bilan tanishadilar.

4

Muloqot va tillar (How we express ourselves)

Nutq, san’at va musiqa orqali o‘z fikrlarini ifoda etadilar.

5

Matematik tushunchalar (Where we are in place and time)

Hisoblash, shakllar va ketma-ketliklarni o‘rganadilar.

6

Jismoniy rivojlanish va farovonlik (Sharing the planet)

Motorika va o‘ziga g‘amxo‘rlik ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Invento The Uzbek International Schoolda o‘qishni xohlaysizmi?

Ariza topshirish