Ashxobod Kampusi
Maxtumquli-2 ko‘chasi va Kichik Halqa Yo‘li chorrahasi, Toshkent, O‘zbekiston, 100047
Maxtumquli-2 ko‘chasi va Kichik Halqa Yo‘li chorrahasi, Toshkent, O‘zbekiston, 100047
Ashxobod Kampusida o‘quv yili 10 oy davom etadi. Akademik darslar soat 8:00 da boshlanib, 15:30 gacha davom etadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 15:30 dan 17:30 gacha o‘tkaziladi.
Ta’lim jarayoni
Invento maktabining Ashxobod Kampusidagi ta’lim o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asoslanib, xalqaro sifat standartlariga yo‘naltirilgan. Kampus erta yoshdan to yuqori sinflargacha bo‘lgan ta’limning barcha asosiy jihatlarini qamrab oluvchi o‘quv dasturlarini taklif etadi.
Boshlang‘ich Ta’lim| Primary Years Programme (1-5-sinflar)
PYP dasturi boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, erta ta’limning asosiy jihatlarini, shu jumladan aqliy, ijtimoiy, hissiy va jismoniy rivojlanishni qamrab oladi. PYP asosida ta’limga tadqiqotchilik yondashuvi yotadi, bu bolalarning qiziquvchanligini rag‘batlantiradi va ularni atrof-muhitni mustaqil o‘rganishga undaydi. Dastur o‘yin orqali o‘qitish, ijodiy fikrlash va muammolarni hal qilishni uyg‘unlashtiradi, keyingi ta’lim bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi.
O‘rta Ta’lim| Middle Years Programme (6-10-sinflar)
Aqliy faoliyatga urg‘u berish orqali o‘quvchilarda o‘rganilayotgan fanlar va real hayot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunish shakllanadi. Turli loyihalar ustida ishlash, tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali talabalar ijodiy, tanqidiy va tahliliy fikrlashni, madaniyatlararo farqlarni qabul qilishni, o‘z jamoasi oldidagi ijtimoiy mas’uliyatni anglashni o‘rganadilar.
Diplom Dasturi | Diploma Programme (11-12 sinflar)
Diplom Dasturi yakuniy imtihonlarni topshirishga kuchli tayyorgarlik ko‘rish, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish va kasbiy yo‘nalishni tanlashga qaratilgan. Karyera bo’yicha batafsil suhbat, doimiy ravishda chuqurlashib boradigan akademik jihatdan murakkab, ammo muvozanatli dastur talabalarda yetuklik va mustaqillikni rivojlantiradi hamda ularni universitetda muvaffaqiyatli ta’lim olishga va global jamiyat sharoitidagi keyingi hayotga tayyorlaydi.
Invento UISda ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi, rus va o‘zbek tili darslari bundan mustasno. Ta’lim tadqiqot yondashuvi asosida, autentik materiallardan foydalanish va o‘zaro bog‘liq holda o‘qitish talabalarimizning faolligini oshiradi va chuqur o‘rganishga yordam beradi. Faoliyatimiz milliy o‘zbek dasturi talablariga mos keladi va IB standartlari doirasida ularni kengaytirib borishga bel bog’laganmiz.
Hudud va qulaylik
Maktabning ichki hovlisi ko‘kalamzorlashtirilgan va obodonlashtirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida bemalol o‘ynashlari va dam olishlari uchun soya-salqin sayrgohlar va sport maydonlari barpo etilgan.
Maktab kampusi nafaqat ta’lim maskani, balki o‘quvchilarning ijtimoiy hayot markazi hamdir. Bu yerda ular muloqot qilishadi, bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishadi, turli tadbir va loyihalarda ishtirok etishadi.
- Barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan sinf xonalari;
- Suzish havzasi;
- Sport o‘yinlari uchun ochiq va yopiq maydonchalar;
- Laboratoriyalar;
- O‘simliklar va sabzavotlar o‘stiriladigan ko‘kalamzor maydon;
- Kutubxonalar;
- O‘yinlar va sayrlar uchun ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar;
- Konsert zali;
- Shaxsiy, ijodiy, jismoniy hamda aqliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun boshqa maydonlar.
Xavfsizlik
Bolalar xavfsizligi bizning ustuvor vazifamiz, shuning uchun eng kichik o‘quvchilarimiz uchun maksimal darajada xavfsiz muhit yaratganmiz. Ashxobod Kampusi bolalar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan:
- 24/7 kuzatuv tizimlari
- FaceID yuz tanish tizimi
- Malakali xavfsizlik xizmati
- Zamonaviy texnik jihozlar
- Zamonaviy havo filtrlash tizimi
- Talabalar salomatligini kundalik kuzatib borish