Tashkent City Kampusi
4A Furqat ko‘chasi, Toshkent, O‘zbekiston, 100021
4A Furqat ko‘chasi, Toshkent, O‘zbekiston, 100021
Bizning Erta Rivojlanish Kampusimiz haqidagi videoni tomosha qiling
Tashkent City Kampusida o‘quv yili 10 oy davom etadi. Akademik darslar soat 9:00 da boshlanib, 15:30 gacha davom etadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 15:30 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.
Maktabga qabul qilish qat’iy ravishda tug‘ilgan yillar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Toddlers: 2-3 yosh
- Early Years 1: 3-4 yosh
- Early Years 2: 4-5 yosh
- Preschool: 5-6 yosh.
Kampus hududi – bu eng kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun mukammal joy bo‘lib, unda har bir detal ularning qulayligi va xavfsizligi uchun puxta o‘ylab chiqilgan. Erta Rivojlanish maktabi sifatida kampus 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan.
Zamonaviy yoritish, shamollatish va havoni mo‘tadillash tizimlari mashg‘ulotlar uchun qulay sharoitlar yaratadi, ergonomik mebellar va mashg‘ulot joylari esa kichik yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Biz motorikani, ijodiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratamiz, shu sababli kampus maxsus jihozlangan o‘yin maydonchalari, ijod va tadqiqot hududlari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu kichkintoylarga o‘yin orqali o‘rganish va atrof-muhit bilan faol muloqot qilishga yordam beradi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda jismoniy faollik ham katta o‘rin egallaydi.
Ushu bo‘yicha murabbiyimiz Darya Latisheva bilan suhbatni tomosha qiling
Xavfsizlik
Bolalar xavfsizligi bizning ustuvor vazifamizdir, shuning uchun biz eng kichik talabalarimiz uchun maksimal darajada xavfsiz muhitni yaratib berganmiz. Tashkent City Kampusi bolalar xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan:
- 24/7 kuzatuv tizimlari
- FaceID yuzni tanish tizimi
- Malakali xavfsizlik xizmati
- Zamonaviy texnik jihozlar
- Zamonaviy havo filtrlash tizimi
- Talabalar salomatligini kundalik kuzatib borish
Kampusimizda xavfsizlikni qanday ta’minlashimiz haqidagi videoni tomosha qiling