Invento The Uzbek International School – 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yuqori sifatli ta’lim beradigan zamonaviy xalqaro maktabdir.
Invento The Uzbek International School to‘liq vakolatli “IB Xalqaro Maktabi” (IB World School) hisoblanadi. Biz Xalqaro Bakalavriat butunjahon hamjamiyatining bir qismi bo‘lib, IB maktablari uslubini qo‘llab-quvvatlagan holda mazmunli va sifatli xalqaro ta’lim taqdim etamiz.
Biz Xalqaro Bakalavriat (IB) falsafasiga amal qilamiz, bu falsafa Inventorlarimizning qiziquvchanligi, tanqidiy fikrlashi va bilim olishga intilishini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, har bir bolaning farovonligi va har tomonlama rivojlanishini asosiy qadriyat sifatida ko‘radi. Shu maqsadda biz ta’lim olish, ijod qilish, dam olish va jismoniy faollik uchun qulay va xavfsiz muhitlar yaratdik.
Invento — shunchaki oddiy maktab emas. Biz shunday muhit yaratmoqdamizki, unda bolalar mustaqil bo‘lishni, atrofdagi dunyoni o‘rganishni va jahon ta’lim standartlariga muvofiq o‘z kuchli tomonlarini rivojlantirishni o‘rganadilar.
Maktab tarixi
2019-yil
Maktabga asos solinishi. Toshkent shahrining Furqat ko‘chasida birinchi kampus qurilishi hamda ta’lim sohasidagi ilg‘or jahon tajribalarini o‘rganish boshlandi.
2020-yil
Tashkent City Kampusi o‘z faoliyatini boshladi.
2021-yil
Ashxobod Kampusi ochildi. Maktab 1-8-sinf o‘quvchilarini qabul qilishni boshladi.
2022-yil
IUIS Tashkent City va Ashxobod Kampuslari uchun IB Boshlang‘ich Ta’lim Dasturi (IB PYP) - IB Erta Rivojlanish Dasturi akkreditatsiyasini qo‘lga kiritdi.
2024-yil
IUIS IB (IB Continuum School) va IB Diplom Dasturi (IB DP) uchun akkreditatsiya jarayonini yakunlab, “IB Хalqaro Maktabi” maqomiga ega bo'ldi. Ilk bor 11-sinf - Diplom Dasturining birinchi bosqichi ochildi.
Maktab missiyasi
- Farzandingizning individualligi va noyob qobiliyatlarini inobatga olgan holda uning imkoniyatlari doirasini kengaytirish.
- Farzandingizga butun umri davomida o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va intilishni shakllantirish va rivojlantirishda ko‘maklashish.
- Puxta ishlab chiqilgan ko‘p tilli ta’lim dasturi orqali xalqaro tafakkurni rivojlantirish.
- Har bir insonning ahamiyati va o‘ziga xosligini anglash asosida atrofdagilar bilan sog‘lom munosabatlar qurish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Bizning e'tiqodimiz
- Invento o‘quvchining to'liq shaxs sifatida rivojlantirishni ta’lim jarayonining asosiy maqsadi deb biladi. Invento o‘quvchilari IB falsafasining eng samarali usullari asosida tarbiyalanadi va ta’lim oladi. Bu - biz o’quvchilarimizning har tomonlama rivojlanishiga alohida e’tibor qaratganimizdan darak beradi. Bunga keng qamrovli o‘quv dasturini taqdim etish, ijtimoiy-hissiy rivojlanishni rag‘batlantirish va to‘g‘ri qadriyatlarni shakllantirishda ko‘maklashish orqali erishamiz.
- Ta’lim jarayonida o’quvchilarimiz o’zlaridagi “soft skills” (yumshoq, yengil ko‘nikmalar)ni rivojlantiradilar. Bu ko‘nikmalar hayotiy vazifalarni hal qilish va boshqalar bilan samarali muloqot o‘rnatishga yordam beradi. Biz ularda ochiq fikrlash qobiliyati, bilimdonlik, boshqalarni tushunish va maqsadga intiluvchanlikni shakllantirаmiz.
- O‘quvchilarimiz turli madaniyat va qadriyatlarni hurmat qilgan holda, madaniyatlar xilma-xilligini qadrlashni o‘rganadilar. Biz ularda turli madaniyat vakillari bilan kelishish va ochiq muloqotga kirishishga tayyor qilib tarbiyalaymiz.
Bizning maqsadimiz – xalqaro ta’limning eng yaxshi standartlari va uslublarini milliy-hududiy tajribaga uyg‘unlashtirgan holda O‘zbekistondagi birinchi IB maktabini tashkil etish hamda yuqori sifatli xalqaro ta’limni mahalliy o‘quvchilarimiz va chet ellik talabalar uchun birdek qulay qilishdan iborat.
Bizning qadriyatlarimiz
- Biz o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari, hamjamiyat va umumiy dunyo bilan birgalikda ta’lim jarayoniga chuqur kirishib ketadigan qilib rivojlantirishga intilamiz.
- Bolalar doimiy ravishda takomillashib, butun hayotlari davomida yangi bilimlarni o‘zlashtirib, o‘zlarini mustaqil shaxs hamda kelajakdagi mutaxassislar sifatida rivojlantiradilar.
- Invento UIS o‘quvchilari o‘z imkoniyatlari chegaralarini kengaytirish bilan birga, har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradilar.
Xalqaro ta'lim muhiti
Talabalarimiz asosan o‘zbekistonliklardir. Lekin chet ellik talabalar ulushi barqaror o‘sib bormoqda. Biz hamjamiyatimizning madaniy merosidan faxrlanamiz va uni chet ellik hamkasblarimiz va talabalarimiz bilan baham ko‘rishdan mamnunmiz.
O’quvchilarimizning Ota-onalari
Bolaning muvaffaqiyatli ta’lim olishining asosiy poydevorlaridan biri - maktab va ota-onalar o‘rtasidagi yaqin va uyg‘un hamkorlikdir. Ota-onalar Invento jamoasining juda muhim qismi bo‘lib, ular umumiy maqsadlarga erishish uchun o‘z tajribalari va g‘ayratlarini qo‘shadilar, bu esa jamoamizni yanada kuchliroq qilishga yordam beradi.
Ta’lim jarayoniga ota-onalar va o‘qituvchilarni jalb qilish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
- Ota-onalar Qo‘mitasi (Parent-Teacher Association – PTA)ga a’zo bo‘lish orqali maktabdagi jarayonlarda ishtirok etish;
- IB PYP axborot forumlari va talabalar konferensiyalarida qatnashish;
- Akademik o‘quv faoliyati vakillari bilan uchrashuvlar;
- Psixologlarimiz rahbarligida yakka tartibdagi va guruh bilan mashg‘ulotlar;
- “Toddle” aloqa platformasi orqali ma’lumot almashish va muloqot qilish.
Ota-onaning Invento UIS haqidagi fikri bilan tanishing