Invento the Uzbek International Schoolda o‘quvchilarimiz uchun tantanali “Bitirish marosimi” bo‘lib o‘tdi. Biz maktabgacha ta’lim bitiruvchilarini, PYP (Boshlang‘ich Ta’lim Dasturi) dasturining dastlabki bosqichini tamomlagan o‘quvchilarni va MYP (O‘rta Ta’lim Dasturi) dasturining birinchi bitiruvchilarini faxr bilan kuzatib qo‘ymoqdamiz.
Qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ota-onalarga, shuningdek, o‘z kasbiga sadoqati uchun o‘qituvchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Maktabdagi har bir kun yangi bilim va kashfiyotlarga boy bo‘lsin.
Kelajakni birgalikda quramiz!