Mamnuniyat bilan sizga shuni xabar beramizki, Inventoda “Ushu” bo‘yicha murabbiyimiz Darya Latisheva Makaoda o‘tkazilgan 10-Osiyo ushu chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Darya Latisheva o‘z mahoratini namoyon etib, Janubiy qilich (nandao) musobaqasida kumush, Uzun qurol (nangun) musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib tarzda himoya qildi.
Boshqa g‘olib davlatlar bayroqlari orasida ko‘tarilgan O‘zbekiston bayrog‘i mamlakatimizning kuchi va jahon sport hamjamiyatidagi raqobatbardoshligining yorqin dalili bo‘ldi. Biz Latisheva Daryani ushbu ajoyib yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi g‘alabalarida uni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz!