Kampuslar

Invento The Uzbek International School 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ta’lim berish uchun zamonaviy ikki kampusga ega. Bu kampuslarning har biri bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan.

INVENTO maktabi — bu IB falsafasiga muvofiq loyihalashtirilgan zamonaviy taʼlim maskanidir.

Bu yerda o‘yin maydonlari, sayr qilish hududlari, ijod xonalari hamda o‘quvchilarning ta’lim olishi, dam olishi va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun maxsus joylar mavjud. Shuningdek, barcha o‘quv xonalari kerakli darajadagi yoruqlik bilan ta’minlangan.

Tashkent City Kampusi

Kampus maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni o‘qitish uchun mo‘ljallangan. Bu yerda o‘quvchilar boshlang‘ich maktabning birinchi sinfiga ravon o‘tish ko‘nikmalari bilan bir qatorda bilimga bo‘lgan muhabbatni ham egallay boshlaydilar.

Kampus hududida eng kichik o‘quvchilar uchun juda mos keladigan to‘liq xavfsiz muhit yaratilgan. Bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning akademik, jismoniy, ijodiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun barcha sharoitlar ta’minlangan.

Yoshi
2-6 yosh
Dastur
Erta Rivojlanish Dasturi (Early Years Programme)

Ashxobod Kampusi

Kampus 1-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan boshlang‘ich, o‘rta va yuqori maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.

Ashxobod Kampusi XXI asr xalqaro standartlariga javob beradigan sifatli va har tomonlama ta’lim olish uchun zamonaviy maskandir.

Bu yerda har bir bola jahon darajasidagi bilimlarni oladi va o‘zining noyob shaxsiyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yoshi
6-16 yosh
Sinflar
1-12
Dastur
Diplom Dasturi (Diploma Programme), O‘rta Ta’lim Dasturi (Middle Years Programme), Boshlang‘ich Ta’lim Dasturi (Primary Years Programme)

Invento The Uzbek International Schoolda ta'lim olishni istaysizmi?

Ariza topshirish