Mental arifmetika olamidagi muhim voqea!
2024-yil 20-iyul kuni Ispaniyada mental arifmetika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Inventorlarimiz 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan ishtirokchilar orasida O‘zbekiston sharafini munosib ravishda himoya qildilar.
Faxr bilan maʼlum qilamizki, bizning studentlarimiz ajoyib natijalarga erishdilar:
XOJAYEVA LALA – Grand chempion
RUSTAMOV AMIRXON – Grand chempion
O‘quvchilarimiz nafaqat O‘zbekistonda o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib bo‘lishdi, balki xalqaro maydonda ham chempionlik unvonini qo‘lga kiritishdi. G‘oliblarimizni tabriklaymiz va ularning yutuqlari bilan faxrlanamiz!