Maktabda sodir bo'layotgan barcha hodisalar haqida shu yerda so'z yuritamiz
Invento the Uzbek International School’da Moskvaning "Khoroshkola" maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik, tajriba almashish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun ijodiy tashabbuslarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Inventorlarimiz Toshkent shahri Kubogi bo‘yicha ushu musobaqasida ishtirok etib, 5–6 va 7–8 yosh toifalarida “Changquan 32” (“Uzun musht”) kompleksini namoyish etdilar. Ular o‘z ishonchi, kuchi va intizomi bilan maktabimizga faxr ulashdilar
Invento the Uzbek International School’da Kazan International School direktori Niyoz Gafiyatullin bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqea maktabimiz hayotida yangi bosqichni boshlab berdi. Endilikda biz yetakchi xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
19 sentyabr kuni INVENTO Performance Hall zalida DP talabalari Central Asian University vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Universitet talabalari bizning Diplom Dasturi o‘quvchilariga volontyorlik loyihalari, ularning shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati va nufuzli oliy ta’lim muassasalariga kirishda tutgan o‘rni haqida so‘zlab berishdi.
Invento UISda voqealarga boy “Induction Week” boshlangani haqida xabar berishdan mamnunmiz. O‘qituvchilar va barcha xodimlar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun to‘planishdi. Trening dasturi doirasida ular nafaqat o‘quv masalalari va IB dasturini puxta rejalashtirish, balki xavfsizlik, shu jumladan yong‘in xavfsizligi va birinchi yordam ko‘rsatish asoslari bo‘yicha ham ta’lim olishmoqda