Invento the Uzbek International School Council of International Schools (CIS) hamjamiyatiga qo‘shildi

Ashxobod Kampusi 28.07.2026 05:29
Invento the Uzbek International School rasmiy ravishda Council of International Schools (CIS) tarkibiga qo‘shildi. CIS — sifatli ta’limni rivojlantirish va yuqori xalqaro standartlarga amal qilish maqsadini birlashtirgan maktablar hamda universitetlarning xalqaro hamjamiyatidir. CIS a’zoligi maktab rivoji uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. INVENTO jamoasi xalqaro ta’lim resurslari, tadqiqotlar, vebinarlar, professional tadbirlar hamda dunyoning turli mamlakatlaridan pedagoglar va mutaxassislar tajriba almashadigan CIS Community platformasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. CIS hamjamiyatiga qo‘shilish — INVENTOning xalqaro maktab sifatida rivojlanishidagi navbatdagi muhim qadamdir. Bu bizning ta’lim muhitini doimiy ravishda takomillashtirish, professional hamjamiyatni rivojlantirish va o‘quvchilarimiz uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratishga bo‘lgan intilishimizni tasdiqlaydi.

Media