

Bir hafta davomida Summer School ishtirokchilari robototexnika, dasturlash, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy tajribalarga bag‘ishlangan amaliy mahorat darslarida qatnashdilar.
Oddiy ma’ruzalar o‘rniga bolalar mustaqil ravishda tadqiqotlar olib bordilar, muammolarni hal qildilar, o‘z loyihalarini yaratdilar hamda dunyoning yetakchi laboratoriyalarida ilmiy kashfiyotlar qanday yaratilishini bilib oldilar.
Bunday yondashuv International Baccalaureate (IB) falsafasiga to‘liq mos keladi. Unda ta’lim izlanish, amaliyot va mustaqil yechim topish orqali tashkil etiladi. Bolalar savol berishni, tajriba o‘tkazishni, jamoada ishlashni va olgan bilimlarini amalda qo‘llashni o‘rganadilar.
UNIST tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslari Summer School dasturining yorqin qismi bo‘ldi, biroq yagona faoliyat emas. Ishtirokchilarni hand made, rasm chizish va keramika bo‘yicha ijodiy mashg‘ulotlar kutmoqda. Bu darslarda bolalar loydan turli buyumlar yasab, tasavvurini, mayda motorikasini va ijodiy fikrlashini rivojlantiradilar.
Dasturda ingliz tili ham alohida o‘rin tutadi. An’anaviy darslar o‘rniga bolalar ingliz tilidan o‘yinlar, jamoaviy loyihalar va kundalik muloqot davomida foydalanadilar. Shu tariqa ingliz tili kunning tabiiy bir qismiga aylanadi.
Albatta, yozni basseynsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan shu yerda bolalar sermazmun kun davomidan so‘ng dam oladilar, yangi do‘stlar orttiradilar va unutilmas taassurotlarga ega bo‘ladilar.
Kun davomida ishtirokchilar energiyasini saqlab turish uchun ularga to‘rt mahal muvozanatli ovqatlanish taqdim etiladi. Bu ularga mashg‘ulotlar, ijodiy faoliyat va sport bilan faol shug‘ullanish imkonini beradi.
Summer School haqida eng yaxshi fikrlarni esa ota-onalarning o‘zi bildiradi.
Summer School ishtirokchisi onasi Nodiraxon Abdurahmanova:
«Men uchun eng muhimi — farzandimning uyga qanday kayfiyat bilan qaytishidir. Har kuni kechqurun qizim kun davomida nimalarni o‘rgangani haqida hayajon bilan gapirib beradi, o‘z ishlari va yangi do‘stlari haqida hikoya qiladi. Summer School biz uchun farzandimiz nafaqat vaqtini mazmunli o‘tkazadigan, balki o‘zining yangi qirralarini namoyon etadigan maskanga aylandi.»
Yoz hali davom etmoqda va bolalarda Summer School’ga qo‘shilib, ta’tilni yorqin, qiziqarli va foydali o‘tkazish imkoniyati mavjud. Ro‘yxatdan bugunoq o‘ting — joylar soni cheklangan.