Invento the Uzbek International School’da yoz — bu shunchaki ta’til emas. Bu mazmunli, faol va ilhomlantiruvchi kunlarga boy unutilmas tajriba.
Bu yoz farzandingiz vaqtini qiziqarli, foydali va rivojlantiruvchi muhitda o‘tkazadi. Har bir hafta — yangi mavzu, yangi taassurot va yangi tajriba. Bolalar bir haftaga ham, butun dastur davomida ham qatnashishlari mumkin.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — kashfiyotlarga boy olam
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yozgi dasturda har bir hafta kichik sarguzashtga aylanadi. Kun davomida bolalarni quyidagi mashg‘ulotlar kutadi:
— sport va suzish;
— raqs va gimnastika;
— rasm chizish, musiqa va kulolchilik;
— shaxmat va ingliz tili mashg‘ulotlari.
Bu davrda bolalar interaktiv o‘yinlar va muloqot orqali yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun — rivojlanish va yangi imkoniyatlar
Har bir hafta alohida tematik modul asosida tashkil etiladi. O‘quvchilar nafaqat ishtirok etadi, balki yaratadi, sinab ko‘radi va real tajriba orttiradi.
Dastur yo‘nalishlari:
— piratlar sarguzashtlari va kvestlar;
— sahna, raqs va iste’dodlarni rivojlantirish;
— turli madaniyatlar bilan tanishuv;
— kosmos, missiyalar va loyihalar;
— ekologiya va tabiatga g‘amxo‘rlik;
— raqamli texnologiyalar, dasturlash va kibertahdidlar xavfsizligi;
— kelajak kasblari.
Shuningdek, butun dastur davomida bolalar ingliz tili, shaxmat, skauting, sport, robototexnika va san’at yo‘nalishlarida ham faol qatnashadi.
Xavfsiz va ilhomlantiruvchi muhit
Summer School dasturida har bir kun — bu harakat, ijod, muloqot va rivojlanish. Eng muhimi esa — yangi do‘stlar va uzoq esda qoladigan yorqin xotiralar.
Dars va mashg‘ulotlar har kuni 08:00 dan 17:00 gacha davom etadi. Bolalar tajribali pedagoglar va assistentlar nazorati ostida bo‘ladi.
Kampus hududida xavfsizlik tizimi, qo‘riqlash va videokuzatuv yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bolalar bilan kun davomida psixolog, logoped va tibbiyot xodimlari ham ishlaydi.
Nega aynan Invento Summer School?
Chunki bu:
— shunchaki vaqt o‘tkazish emas, balki mazmunli dam olish;
— bosimsiz rivojlanish muhiti;
— IB xalqaro ta’lim tizimiga asoslangan yondashuv;
— har bir bolaga individual e’tibor;
— o‘sish va ilhomlantirishga xizmat qiladigan muhit.
Farzandingizga rivojlantiruvchi, ilhomlantiruvchi va esda qoladigan yozgi ta’tilni tuhfa qiling.
Joylar soni cheklangan. Ta’lim sifati va qulay muhitni saqlash maqsadida guruhlar 14–17 nafar o‘quvchidan shakllantiriladi.