Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlar ochib beruvchi Hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Tashrif doirasida mehmonlar maktab faoliyati, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi, o‘quv jarayonidagi innovatsion yondashuvlar va ilg‘or metodlar bilan yaqindan tanishdilar. Suhbat chog‘ida pedagoglarning malakasini oshirish, tajriba almashish, o‘quvchilarning xalqaro tanlov, olimpiada va sport musobaqalarida birgalikda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki maktab o‘qituvchilarining professional hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda chiqishlarini tashkil etish rejalari ham belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida Invento UIS va NIS Aqtoʻbe o‘rtasida hamkorlikning yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki ish rejasi ishlab chiqildi hamda Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va har ikki maktab o‘quvchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.