Invento UIS bosh direktori Zulfiya Jahongirovna va bosh direktor o‘rinbosari Nigina Ruzehaji Niderlandning Gaaga shahrida boʻlib oʻtgan IB Global Conference “Our Humanity, Connected” xalqaro anjumanida ishtirok etdilar.
Mazkur anjuman — taʼlim sohasidagi eng nufuzli xalqaro tadbirlardan biri boʻlib, u butun dunyodagi IB maktablari rahbarlarini birlashtiradi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar ilg‘or tajribalar almashdilar, ta’limdagi innovatsiyalarni muhokama qildilar hamda global ta’lim hamjamiyatini rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldilar.