SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR SUB'YEKTI UZINING SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARINI QAYTA ISHLASHGA VA AXBOROT TARQATMALARINI OLISHGA ROZILIGI
«Inventors world» MCHJga tegishli www.invento.uz manzilida joylashgan veb-saytidan (keyingi o‘rinlarda — «Sayt») foydalanuvchi shaxs, Saytdan foydalanish va/yoki Saytdagi turli shakllar, so‘rovnomalar va aloqa shakllarini to‘ldirish orqali, shaxsga doir ma’lumotlar subyektining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha ushbu rozilikni (keyingi o‘rinlarda — «Rozilik») qabul qiladi.
Saytdan va/yoki Maktabning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni har qanday aloqa shakli orqali kiritish hamda «Yuborish» tugmasini bosish orqali, o‘z xohishi va manfaatlari yo‘lida erkin ravishda harakat qilgan holda, Foydalanuvchi «Inventors world» MCHJga, STIR: 307790682 (keyingi o‘rinlarda — «Maktab»), o‘z shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga quyidagi shartlar asosida rozilik beradi:
1. Ushbu Rozilik shaxsga doir ma'lumotlarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda ham, ularsiz ham qayta ishlash uchun beriladi.
2. Rozilik berish orqali, Foydalanuvchi www.invento.uz veb-saytida joylashtirilgan Maxfiylik va shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish nizomi bilan tanishganligini tasdiqlaydi.
3. Rozilik quyidagi shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash uchun beriladi:
● Foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
● Foydalanuvchi tomonidan tegishli shakllar va so‘rovnomalarni Saytda to‘ldirish orqali Maktabga taqdim etilgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi;
● Pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami.
4. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashning maqsadi:
● Saytda taqdim etiladigan xizmatlar va ma'lumotlarga kirishni ta'minlash;
● Foydalanuvchining Maktab tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirokini tashkil etish;
● Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va foydalanuvchilar bilan aloqa olib borish;
● Maktab tomonidan taklif etiladigan ta'lim xizmatlariga bo'lgan arizalarni va so'rovlarni qabul qilish;
● Tuzilgan shartnomalar doirasida foydalanuvchilarga bo‘lgan majburiyatlarni bajarish;
● O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlarining talablariga rioya qilish;
● Statistika yuritish va ma'lumotlarni tahlil qilish;
● Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini Maktabning takliflari, axborot va reklama xabarlarini, Operatorning xizmatlari haqida pochta, ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlar, SMS-xabarlar, telefon qo'ng'iroqlari va elektron pochta orqali xabarlar yuborish maqsadida ishlatish;
● Foydalanuvchiga pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha Maktab bilan tuzilgan shartnoma doirasidagi ma'lumotlarni SMS-xabarlar va elektron pochta orqali, shuningdek telefon qo'ng'iroqlari orqali yuborish;
● Turli ma'lumotlar bazalari va axborot tizimlarida saqlash va qayta ishlash, shuningdek ularni analitik va statistik hisobotlarga kiritish.
5. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: yig‘ish, saqlash, tizimlashtirish, jamlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), qayta ishlash, foydalanish, bloklash, shaxsiy ma'lumotlarni egasizlantirish, tarqatish, shu jumladan uchinchi shaxslarga uzatish, va shaxsga doir ma'lumotlarni yo‘q qilish.
6. Shaxsga doir ma'lumotlar 4-bandda ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun uchinchi shaxslarga uzatilishi mumkin.
7. Rozilik shaxsga doir ma'lumotlarni, shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquqlarini yetarli darajada himoya qiluvchi davlatlarga transchegaraviy uzatish imkoniyatini ham qamrab oladi.
8. Rozilik shaxsga doir ma'lumotlar subyekti yoki uning vakili tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni qaytarish to‘g‘risidagi arizani info@invento.uz elektron pochta manziliga yuborish orqali bekor qilinishi mumkin.
9. Agar shaxsga doir ma'lumotlar subyekti yoki uning vakili shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni bekor qilsa, «INVENTORS WORLD» MCHJ O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi №O’RQ-547-sonli «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq asoslar mavjud bo‘lganda, shaxsga doir ma'lumotlarni subyektning roziligisiz qayta ishlashni davom ettirish huquqiga ega
10. Maktab Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma'lumotlarning haqqoniyligini tekshirmaydi va Foydalanuvchining huquqiy layoqatini tekshirmaydi. Shu bilan birga, Maktab Foydalanuvchidan olingan ma'lumotlarni to‘liq va haqqoniy deb biladi.
11. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlarini taqdim etish uchun to‘liq va so‘zsiz javobgarlikni shaxsan o‘zi zimmasiga oladi.
12. Ushbu Rozilik orqali Foydalanuvchi Maktabdan va/yoki Maktab nomidan pochta orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali, SMS-xabarlar, qo’ng’iroqlar orqali aloqa va elektron pochta orqali xabarlar, shu jumladan reklama va boshqa tijorat materiallarini olishga to‘liq va so‘zsiz rozilik beradi.
13. Ushbu Rozilik shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash to‘xtatilgunga qadar yoki Foydalanuvchi tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan Rozilikni bekor qilish to‘g‘risida ariza yuborilgunga qadar amal qiladi.
Maxfiylik va shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish nizomi
Ushbu Maxfiylik va shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish nizomi (keyingi o‘rinlarda — «Nizom») «Inventors world» MCHJga tegishli bo‘lgan veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar (keyingi o‘rinlarda — «Sayt») foydalanuvchilarining shaxsga doir ma'lumotlarini yig‘ish, ulardan foydalanish, saqlash va himoya qilish tartibini belgilaydi. Maktab saytdan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlashga intiladi va shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qiladi.
1. Tartibga solish va huquqiy asoslar
1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi «Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida»gi №O’RQ-547-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi № O’RQ-560-II-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi № O’RQ-439-II-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 apreldagi «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi № O’RQ-764-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 sentyabrdagi «Butunjahon axborot tarmog‘i internetda axborot xavfsizligini ta'minlash choralari to‘g‘risida»gi №707-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish, ma'lumotlar subyektlarining huquqlari, kiberxavfsizlik va veb-saytlardan foydalanishni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Maktab shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish bilan bog‘liq barcha qo‘llaniladigan qonunlar va normativ talablarga rioya qilish majburiyatini oladi.
2. Umumiy qoidalar
2.1. Nizom Maktab va saytga tashrif buyuradigan barcha jismoniy shaxslar — foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2.2. Nizom Maktabda amalga oshiriladigan barcha shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash operatsiyalariga, shuningdek, Maktab va/yoki Maktab nomidan yoki Maktab bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi affillangan yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan Foydalanuvchi va Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan shaxslar haqida olinadigan barcha ma'lumotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
2.3. Nizom barcha Foydalanuvchilar, Maktabda shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxslar, shuningdek, shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonlari va ularning xavfsizligini ta'minlashda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan tanishib chiqilishi va bajarilishi majburiy hisoblanadi.
3. Asosiy tushunchalar va atamalar
3.1. Maktab — «Inventors world» MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan va o‘z faoliyatini Invento The Uzbek International School savdo belgisi/xizmat ko‘rsatish belgisi ostida amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Foydalanuvchi — Saytdagi ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, xizmatlar, xizmat ko‘rsatish vositalari va Saytda joylashtirilgan ma'lumotlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Foydalanuvchi — Saytda shakllarni to‘ldirgan yoki to‘ldirmagan holda saytga tashrif buyurgan har qanday jismoniy shaxs.
Shaxsga doir ma'lumotlar — elektron, qog‘oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida qayd etilgan, ma'lum bir jismoniy shaxsga tegishli yoki uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma'lumotlar.
Shaxsiy ma'lumotlar — Foydalanuvchi tomonidan Maktabga mustaqil ravishda taqdim etiladigan va arizalar hamda Saytda keltirilgan boshqa shakllarni to‘ldirishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilganda taqdim etilgan ma'lumotlar. Ma'lumotlar Foydalanuvchi tomonidan tegishli shakllarni to‘ldirish orqali taqdim etiladi, bunda majburiy bo‘lmagan maydonlar uchun taqdim etiladigan ma'lumotlar hajmi Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash — shaxsga doir ma'lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan bir yoki bir qator harakatlar.
4. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash
4.1. Maktab Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini quyidagi maqsadlarda qayta ishlaydi:
● Saytda taqdim etilgan xizmatlar va ma'lumotlarga kirishni ta'minlash.
● Foydalanuvchining Maktab tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirokini tashkil etish.
● Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati va foydalanuvchilar bilan qayta aloqani yaxshilash.
● Maktab tomonidan taklif etilayotgan ta'lim xizmatlariga bo‘lgan ariza va so‘rovlarni qabul qilish.
● Foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar doirasidagi majburiyatlarni bajarish.
● O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlarining talablariga rioya qilish.
● Statistika yuritish va ma'lumotlarni tahlil qilish.
● Saytdagi tegishli shakllarda Foydalanuvchi ko‘rsatgan shaxslarga va Foydalanuvchilarga SMS-xabarlar, elektron pochta orqali xatlar va/yoki telefon qo‘ng‘iroqlari orqali reklamaviy va boshqa tijorat materiallarini yuborish.
4.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash muddati: Foydalanuvchi shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni yozma ravishda bekor qilguniga qadar.
4.3. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashda ma'lumotlarning aniqligi, maqsadlar uchun yetarliligi va dolzarbligi ta'minlanadi.
4.4. Maktab shaxsga doir ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan vositalar yordamida va ularning ishtirokisiz qayta ishlashni amalga oshiradi. Shu bilan birga, Maktab avtomatlashtirilgan qayta ishlash talablariga rioya qiladi
4.5. Nizomning 4.1-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun, Foydalanuvchi Saytdan foydalanishni davom ettirgan holda va Saytda keltirilgan tegishli shakllarni to‘ldirgan holda, Maktab tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarning uchinchi shaxslarga, shu jumladan transchegaraviy uzatishga rozilik beradi.
5. Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti
5.1. Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti quyidagi huquqlarga ega:
● O‘z shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq ma'lumotlarni olish;
● Noaniq yoki to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlarni tuzatishni talab qilish;
● Agar shaxsga doir ma'lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan, noto‘g‘ri, noqonuniy olingan yoki ko‘zda tutilgan qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo‘lmasa, ma'lumotlarni aniqlashtirish, bloklash yoki yo‘q qilish;
● Ilgari taqdim etilgan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni bekor qilish.
5.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan Rozilikni bekor qilish uchun yozma ariza Maktab ma'muriyatiga elektron pochta orqali (info@invento.uz) yoki tasdiqnomali buyurtma xati orqali yuborilishi kerak.
5.3. Foydalanuvchi tomonidan Saytdagi tegishli shakllarda joylashtirish orqali Maktabga taqdim etilgan uchinchi shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlariga nisbatan Foydalanuvchi ushbu shaxsga doir ma'lumotlarning egasi va/yoki ularni qayta ishlovchi shaxs hisoblanadi.
5.4. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning ma'lumotlarini Maktabga taqdim etar ekan, ushbu ma'lumotlar egalari tomonidan Maktabning ushbu Nizom asosida shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashga to‘liq va so‘zsiz rozilik va ruxsat olinganligini kafolatlaydi.
5.5. Saytda uchinchi tomon veb-saytlari yoki dasturlariga havolalar keltirilishi mumkin, bunday hollarda Foydalanuvchi ushbu saytlar va dasturlardan foydalangan holda, shaxsga doir ma'lumotlarni uchinchi tomon saytiga yoki dasturiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Shu bilan birga, Maktab uchinchi tomon veb-saytlari va/yoki dasturlarida shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha hech qanday kafolat bermaydi, shuningdek, uchinchi tomon resurslarida joylashtirilgan har qanday ma'lumot, materiallar, tavsiyalar va xizmatlar uchun ularning to‘g‘riligi, ishonchliligi, haqqoniyligi va xavfsizligi bo‘yicha hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Uchinchi tomon resurslaridan foydalanish Foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda, o‘z qarori va xavfi ostida amalga oshiriladi.
5.6. Foydalanuvchi uchinchi tomon veb-saytlari va dasturlaridan foydalangan holda, u ushbu veb-sayt yoki dastur ishlab chiqaruvchisi tomonidan ma'lumotlarning qayta ishlanishi va maxfiylik masalalari to‘liq ishlab chiqaruvchi zimmasida ekanligini va ularning maxfiylik va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga oid hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tartibga solinishini anglaydi.
5.7. Maktab uchinchi tomon dasturiy ta'minoti ishlab chiqaruvchisining Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni qayta ishlashda amalga oshiradigan harakatlarini nazorat qilmaydi va ulardan kelib chiqadigan har qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
5.8. Maktab Foydalanuvchi tomonidan uchinchi tomon dasturiga yoki veb-saytiga kirish imkoniyati berilishi natijasida shaxsiy ma'lumotlarning oshkor qilinishi, o‘zgartirilishi yoki yo‘q qilinishi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
6. Cookie-fayllar haqida bildirishnoma
6.1. Foydalanuvchi Maktabning saytiga va ijtimoiy tarmoqlariga tashrif buyurganida, Maktab Foydalanuvchining IP-manzilini, domen nomini va ushbu IP-manzil ro‘yxatga olingan mamlakatni aniqlaydi, shuningdek, Foydalanuvchining saytdagi sahifalar o‘rtasidagi o‘tishlarini qayd qiladi.
6.2. Saytdan foydalanish orqali Foydalanuvchi, Maktabning cookie, mayaklar, piksel, teglar va skriptlar kabi kuzatuv va monitoring texnologiyalaridan (birgalikda — «Cookies») foydalanishiga rozilik bildiradi. Ushbu texnologiyalar saytning ish faoliyatini ta'minlash, uni qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash, takliflarni optimallashtirish hamda Maktabning marketing faoliyatini (masalan, Foydalanuvchilarning afzalliklarini kuzatish, xavfsizlikni oshirish, texnik muammolarni aniqlash, saytning umumiy samaradorligini nazorat qilish va yaxshilash) ta'minlash uchun qo‘llaniladi.
6.3. Cookies — bu Foydalanuvchining kompyuteri yoki mobil qurilmasiga brauzer orqali saqlanadigan kichik matnli fayllar bo‘lib, ular veb-saytga foydalanuvchi afzalliklari kabi ma'lumotlarni saqlash imkonini beradi.
Cookies sayt uchun xotira kabi ishlaydi, bu orqali sayt Foydalanuvchini qayta tashrif buyurganida tanib oladi va tegishli tarzda javob beradi. Sayt Cookies texnologiyasidan foydalanib, saytdagi ko‘rinish uslublarini ekran o‘lchamlariga moslashtiradi.
Cookies foydalanuvchining qattiq diskida saqlanadigan sayt ma'lumotlarini o‘z ichiga oladi va foydalanuvchi ko‘rgan sahifalar, yuklangan materiallar, internet-provayderning domen nomi, foydalanuvchining mamlakati hamda uchinchi tomon veb-saytlarining manzillarini, saytdan qilingan o‘tishlarni kuzatish uchun ishlatiladi.
Shuningdek, ushbu texnologiyadan Google kabi kompaniyalarning saytda o‘rnatilgan hisoblagichlari foydalanadi.
Shu bilan birga, Cookies texnologiyasi Foydalanuvchiga oid hech qanday shaxsiy ma'lumotlarni o‘z ichiga olmaydi.
6.4. Cookies odatda «sessiya cookies» (brauzer yopilganida avtomatik tarzda o‘chiriladi) yoki «doimiy cookies» (ular Foydalanuvchi tomonidan o‘chirilmaguncha yoki muddati tugamaguncha qurilmada qoladi) sifatida tasniflanadi.
6.5. Cookies va shunga o‘xshash texnologiyalarning turlari:
6.5.1. Texnik/zaruriy cookie-fayllar — saytning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan cookie-fayllar. Ular, shuningdek, serverlarga yuklama taqsimlash, Foydalanuvchilarning cookie-fayllardan foydalanish afzalliklari haqidagi ma'lumotlarni yig‘ish kabi vazifalarni bajaradi.
Ushbu toifadagi cookie-fayllarga ham sessiya, ham doimiy cookie-fayllar kiradi. Ushbu fayllarsiz sayt to‘g‘ri ishlamaydi yoki umuman ishlamaydi.
6.5.2. Analitik cookie-fayllar — sayt tashrif buyuruvchilari saytdan qanday foydalanayotganligi haqidagi ma'lumotlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Ushbu ma'lumotlar hisobotlar tuzish va saytning funksiyalarini yaxshilash, foydalanuvchilar uchun qulay qilish va ularning ishlashini kuzatish uchun ishlatiladi. Ushbu ma'lumotlar IP-manzillar, umumiy joylashuv, qurilma va ilovalar haqida ma'lumotlarni (masalan, tur, operatsion tizim, qurilma yoki ilova identifikatori, brauzer versiyasi, ishlatilgan til sozlamalari), foydalanish sanasi va vaqti, tegishli cookie va piksel ma'lumotlarini hamda sayt bilan bog‘liq bo‘lgan foydalanuvchilarning faoliyatini (sessiyalar, bosishlar, funksiyalardan foydalanish, harakatlar, sichqoncha harakati va boshqa o‘zaro aloqalar) o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, telefon qo‘ng‘iroqlari tahlil qilish, xizmat ko‘rsatish, operatsiyalar, biznes nazorati, sifatni yaxshilash, o‘qitish va yozuvlar uchun avtomatik ravishda yozib olinadi. Maktab shuningdek, turli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning tahliliy vositalari va cookie-fayllaridan foydalanishi mumkin.
6.5.3. Uchinchi tomon cookie-fayllar — saytga uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilar tomonidan elementlar qo‘shish uchun ishlatiladi, masalan, videolar, aloqa shakllari, maktab hududiga onlayn tur yoki kontentni almashish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoq tugmalari.
6.5.4. Marketing va reklama cookie-fayllari — ushbu cookie-fayllar orqali foydalanuvchilar internetda reklamani ko‘rganligini yoki qanday reklama turi bilan o‘zaro aloqada bo‘lganligini, qachon reklama ko‘rganligini aniqlash mumkin.
Maktab shuningdek, reklama maqsadlarini yaxshiroq aniqlash uchun Cookies-dan foydalanadi. Maktab Cookies-ni boshqa tashkilot tomonidan o‘rnatilgan holda ham ishlatishi mumkin, bu orqali reklama Foydalanuvchiga aniq manzillanadi va foydalanuvchi Maktabning saytiga tashrif buyurganida uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining veb-sahifasi va/yoki ilovasiga o‘tish imkoniyatini yaratadi.
Maktab shuningdek, reklama joylashtirilgan boshqa saytlarida Cookies o‘rnatgan. Agar Foydalanuvchi ushbu Cookieslardan birini bossa, Maktab undan Foydalanuvchining saytni ko‘rganligini va e'lonni ko‘rganligini aniqlash uchun foydalanishi mumkin.
6.5.5. Veb-mayaklardan va tahliliy xizmatlardan foydalanish — Maktabning ba'zi veb-sahifalarida elektron belgilar bo‘lib, ular veb-sahifalarda cookie-fayllarni joylashtirishni osonlashtirish va ushbu veb-sahifalarga tashrif buyurganlar sonini aniqlash uchun ishlatiladi.
Veb-mayaklar yoki shunga o‘xshash texnologiyalar, shuningdek, elektron vositalar orqali yuborilgan reklama materiallari yoki axborot byulletenlariga qo‘shiladi, bu orqali ushbu xabarlar ochilganligini va ularga keyinchalik nima bo‘lganligini aniqlash mumkin.
6.6. Cookie-fayllarni boshqarish. Cookie-fayllarni o‘rnatishdan bosh tortish
6.6.1. Foydalanuvchi ba'zi yoki barcha cookie-fayllarni o‘rnatishni taqiqlashi mumkin.
6.6.2. Ko‘pgina brauzerlarda cookie-fayllar avtomatik ravishda qabul qilinadi, ammo Foydalanuvchi cookie-fayllarni bloklash yoki o‘chirish uchun brauzer sozlamalarini boshqarish imkoniyatiga ega.
Foydalanuvchi cookie-fayllarni o‘chirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalarni o‘zi ishlatayotgan brauzer sozlamalarida ko‘rishi kerak.
6.6.3. Saytning ayrim funksiyalari cookie-fayllardan foydalanishga bog‘liq.
Agar Foydalanuvchi cookie-fayllarni bloklashga qaror qilsa, u tizimga kira olmaydi yoki cookie-fayllarga bog‘liq bo‘lgan funksiyalar va sozlamalardan foydalana olmaydi.
Cookie-fayllarni o‘chirgan holda, ushbu fayllarda saqlangan barcha parametrlar va afzalliklar, shu jumladan reklama parametrlarini o‘chiriladi va keyinchalik ularni qayta yaratish talab qilinadi.
7. Saytdan foydalanish qoidalari
7.1. Saytda joylashtirilgan har qanday materiallar, fayllar va xizmatlar, Nizomda ko‘rsatilgan hollardan tashqari, Maktabning oldindan yozma roziligisiz hech qanday shaklda, hech qanday usulda to‘liq yoki qisman ko‘paytirilishi/nusxa ko’chirilishi mumkin emas.
7.2. Foydalanuvchi Sayt materiallarini, shu jumladan mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlarni ko‘paytirganida/ nusxa yaratilganida, Sayt va tegishli manbaga havola keltirish majburiydir. Havola matni yolg‘on, chalg‘ituvchi, kamsituvchi yoki haqoratli ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi taqiqlanadi.
7.3. Sayt materiallarini tarjima qilish, qayta ishlash (modifikatsiya), har qanday o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, boshqa har qanday harakatlar, jumladan, mualliflik huquqlari va huquq egalari haqida ma'lumotlarni o‘chirish yoki o‘zgartirish, hamda ularni sezilmas darajada o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.4. Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini yoki xalqaro huquq normalarini, jumladan intellektual mulk, mualliflik va/yoki turdosh huquqlar sohasida, buzadigan yoki buzishi mumkin bo‘lgan harakatlarni, shuningdek, Saytning normal ishlashiga xalaqit beradigan yoki berishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni sodir etmaslikka rozi bo‘ladi.
7.5. Sayt sahifalarida joylashtirilgan har qanday individuallashtirish vositalari, jumladan, savdo belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilar, shuningdek logotiplar va emblemalar, ularning huquq egalari intellektual mulki hisoblanadi. Foydalanuvchiga ushbu individuallashtirish vositalari va/yoki ularning elementlarini tegishli huquq egalari tomonidan oldindan yozma rozilik olinmasdan ko‘paytirish/nusxa ko’chirish yoki boshqa usullar bilan foydalanish taqiqlanadi.
8. Yakuniy qoidalar
8.1. Nizom Maktab tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin, yangi tahrir Maktabning Saytida joylashtiriladi.
8.2. Nizomning 8.1-bandiga muvofiq, Maktab Foydalanuvchilarga shaxsga doir ma'lumotlarni qanday himoya qilishga doir o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish uchun Saytni muntazam tekshirishni tavsiya etadi.
Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali, Foydalanuvchi Nizom va undagi o‘zgarishlar bilan davriy tanishib chiqish mas'uliyatini o‘z zimmasiga olishga rozi bo‘ladi.
8.3. Foydalanuvchi Nizomning barcha bandlari bilan tanishganligini va ularni so‘zsiz qabul qilishini tasdiqlaydi.
8.4. Agar Nizom shartlari yuzasidan savollar tug‘ilsa, Foydalanuvchi Maktab ma'muriyati bilan quyidagi aloqa ma'lumotlari orqali bog‘lanishi mumkin:
Tel.: +(998) 71 210 99 99
E-mail: info@invento.uz
Ma’nzil: Toshkent sh., Shayhontoxur tumani, Furqat ko’chasi, 4A-uy, 100021