O’quvchilar uchun

INVENTO the Uzbek International School IB PYP dasturi boʻyicha vakolatli jahon IB maktabi hisoblanadi.

Shuningdek, maktab IB MYP nomzod maktabi hamdir*. INVENTO UIS IB maktablari bilan bir qatorda talabalar uchun sifatli xalqaro ta'lim berishdek umumiy falsafa tarafdori bo'lib, IB jahon maktabi sifatida avtorizatsiyani olishga intilmoqda.

(*Faqat IB tashkiloti tomonidan vakolat berilgan maktablar o'zlarining to'rtta akademik dasturlaridan birini taklif qilishlari mumkin: boshlang'ich ta'lim dasturi (PYP), o'rta ta'lim dasturi (MYP), diplom dasturi (DP) yoki kasbiy ta'limga yo’naltirilgan dastur(CP). Nomzodlik maqomi avtorizatsiyani kafolatlamaydi. IB va IB dasturlari haqida ko'proq ma'lumot rasmiy veb-saytda mavjud www.ibo.org)

Xalqaro bakalavriat (IB) dasturlari bolalarga har tomonlama rivojlanish va hayot xilma-xilligini tadqiq qilish orqali dunyoni o'rganishga yordam beradi. Barcha talabalar tug'ma ko'nikmalarini mukammallashtirish, yangilarini egallash va rivojlantirish imkoniyatiga ega.

INVENTO UIS o‘quv dasturi 2-3 yosh bolalar, 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan kichik yoshlilar; 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan boshlang’ich sinflar; va 11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘rta sinflar uchun moslashgan ta'limni qo‘llab-quvvatlaydi.

O’quvchilar uchun

DASTURLAR

  • Erta rivojlanish (2-3) va maktabgacha ta'lim dasturi (PYP EY) (3-6)
    2-6 yosh
    2-6 yosh

    Erta rivojlanish (2-3) va maktabgacha ta'lim dasturi (PYP EY) (3-6)

    • o'yinga asoslangan ta’lim muhiti
    • 1-sinfga o'tish uchun kerakli ko'nikmalarni rivojlantirish
    • transdisipliner mavzular orqali atrofdagi dunyoni o'rganish
    Batafsil
  • Boshlang'ich sinflar dasturi (PYP)
    6-11 yosh
    6-11 yosh

    Boshlang'ich sinflar dasturi (PYP)

    • izlanishlarga asoslangan transdisiplinar ta'lim
    • o’zbek o'quv dasturi mazmuniga asoslangan PYP dasturi
    • yaxlit ta'lim
    Batafsil
  • O'rta sinflar dasturi (MYP)
    11-16 yosh
    11-16 yosh

    O'rta sinflar dasturi (MYP)

    • izlanishlarga asoslangan fanlararo ta'lim
    • tilning moslashuvchanligi
    • mahalliy va xalqaro talablarga javob beruvchi dastur
    Batafsil
  • Diplom Dasturi (DP)
    16-18 yosh
    16-18 yosh

    Diplom Dasturi (DP)

    • 11 va 12-sinflar uchun xalqaro tan olingan akademik dastur. Barcha natijalar tashqi xalqaro tashkilot tomonidan baholanadi
    • 3 standart darajadagi fanlar va 3 yuqori darajadagi fanlar
    • Universitetga tayyorgarlik uchun 3 asosiy element (Ijodkorlik, Harakat va Xizmat - Bilim nazariyasi - Insho)
    Batafsil

IB talabasi profili

IB dasturlari xalqaro tafakkurga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, ular atrofida yaxshi dunyo yaratishga intilishadi. IB dasturlarining har biri o'quvchilarni IB talabasi profiliga muvofiq rivojlantirishga qaratilgan.

IB talabalari quyidagilarga intilishadi:

Bizning kampuslarimiz

Kampus hayoti

Maktab oshxonasi

Maktab oshxonasi

Muvozanatli ovqatlanish bola jismoniy va aqliy rivojlanishining asosidir. IUIS minerallar va vitaminlarga boy, maxsus ovqatlanish dasturini taklif etadi. Taomnoma o’z ichiga nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik, peshindan keyingi tanavvul va kechki ovqatni* oladi.
(kechki ovqat Tashkent City kampusida tortiladi)

Tashkent City kampusi
Ashgabat kampusi

2022-2023 o‘quv yili uchun darslar jadvali

Tashkent City kampusi
Ashgabat kampusi