Tashkent City Kampusi

4A Furqat ko‘chasi, Toshkent, O‘zbekiston, 100021

Tashkent City Kampusi – bu Erta Rivojlanish maktabi bo‘lib, unda ta’lim o‘yinlar bilan uyg‘unlashtiriladi va bolalar Xalqaro Bakalavriat (IB) Dasturi bo‘yicha qiziqarli mashg‘ulotlar orqali har tomonlama rivojlanadilar.
Erta Rivojlanish maktabi – bu mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi yo‘nalish bo‘lib, maktab va bolalar bog‘chasi xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan. Bu yerda o‘quvchilar Xalqaro Bakalavriat Erta Rivojlanish Dasturi (IB Early Years Programme)ni har tomonlama o‘zlashtirib, birinchi sinfga ravon o‘tish ko‘nikmalarini egallashni boshlaydilar.

Bizning Erta Rivojlanish Kampusimiz haqidagi videoni tomosha qiling


Tashkent City Kampusida o‘quv yili 10 oy davom etadi. Akademik darslar soat 9:00 da boshlanib, 15:30 gacha davom etadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 15:30 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.

Maktabga qabul qilish qat’iy ravishda tug‘ilgan yillar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Toddlers: 2-3 yosh
  • Early Years 1: 3-4 yosh
  • Early Years 2: 4-5 yosh
  • Preschool: 5-6 yosh.

Kampus hududi – bu eng kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun mukammal joy bo‘lib, unda har bir detal ularning qulayligi va xavfsizligi uchun puxta o‘ylab chiqilgan. Erta Rivojlanish maktabi sifatida kampus 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan.
Zamonaviy yoritish, shamollatish va havoni mo‘tadillash tizimlari mashg‘ulotlar uchun qulay sharoitlar yaratadi, ergonomik mebellar va mashg’ulot joylari esa kichik yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Biz motorikani, ijodiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratamiz, shu sababli kampus maxsus jihozlangan o‘yin maydonchalari, ijod va tadqiqot hududlari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu kichkintoylarga o‘yin orqali o‘rganish va atrof-muhit bilan faol muloqot qilishga yordam beradi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda jismoniy faollik ham katta o‘rin egallaydi.

Ushu bo‘yicha murabbiyimiz Darya Latisheva bilan suhbatni tomosha qiling

Ovqatlanish

Kampus menyusi faqat barra mahsulotlardan tashkil topgan bo‘lib, mavsumga qarab muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqiladi. Taomnoma bizning malakali nutritsiologlarimiz tomonidan o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda sog‘lom ovqatlanish talablari doirasida tuziladi va zararli mahsulotlar hamda yarim tayyor mahsulotlardan butunlay istisno qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan sezuvchanlik va tasdiqlangan allergiyasi bo‘lgan talabalar uchun, nutritsiologlarimiz taomnomani individual ehtiyojlarga moslashtirib, barcha allergen maxsulotlarni mutlaqo olib tashlaydilar.

Maktabda besh mahal ovqatlanish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Birinchi nonushta
  • Ikkinchi nonushta
  • Tushlik
  • Tushdan keyingi yengil ovqat
  • Kechki ovqat (to‘liq kun dasturi 18:00 gacha tanlansa, taqdim etiladi)

Xavfsizlik

Bolalar xavfsizligi bizning ustuvor vazifamizdir, shuning uchun biz eng kichik talabalarimiz uchun maksimal darajada xavfsiz muhitni yaratib berganmiz. Tashkent City Kampusi bolalar xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan:

  1. 24/7 kuzatuv tizimlari
  2. FaceID yuzni tanish tizimi
  3. Malakali xavfsizlik xizmati
  4. Zamonaviy texnik jihozlar
  5. Zamonaviy havo filtrlash tizimi
  6. Talabalar salomatligini kundalik kuzatib borish

Kampusimizda xavfsizlikni qanday ta’minlashimiz haqidagi videoni tomosha qiling


Invento The Uzbek International Schoolda ta'lim olishni istaysizmi?

Ariza topshirish