Har bir muvaffaqiyatli talabaning ortida ko‘p yillik mashaqqatli mehnat, bilimga intilish, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch, oilaning qo‘llab-quvvatlashi va ota-onasi bir vaqtlar tanlab bergan to‘g‘ri ta’lim muhiti turadi.
Invento the Uzbek International School uchun bu o‘quv yili haqiqatan ham o‘zgacha bo‘ldi. IB Diploma Programme dasturining ilk bitiruvchilari dunyoning yetakchi universitetlaridan taklifnomalar olib, o‘z orzulari sari dadil qadam tashladi.
Bitiruvchilarning aksariyati dunyo reytinglarining top 100 ro‘yxatiga kiradigan universitetlardan taklifnoma olgani maktab uchun alohida g‘urur manbayi bo‘ldi. Bu Invento the Uzbek International School’ning ilk bitiruvchilari uchun qabul qilinganlar ro‘yxatidagi shunchaki nufuzli nomlar emas, balki ko‘p yillik zahmat, bilimga tashnalik va o‘z oldiga eng yuksak maqsadlarni qo‘ya olish qat’iyati natijasidir.
Har bir taklifnoma ortida yillar davomidagi tinimsiz mehnat, jiddiy akademik tayyorgarlik, xalqaro imtihonlar va maktab o‘qituvchilarining ko‘magi mujassam.
Bugun biz matonat, bilim va o‘ziga bo‘lgan ishonch dunyoning eng sara universitetlari eshiklarini ochishini isbotlagan bitiruvchilarimiz haqida g‘urur bilan hikoya qilamiz.
Afruza Yusufaliyeva AQShdagi Wisconsin-Madison universiteti (QS reytingida 53-o‘rin) va Janubiy Florida universitetidan, shuningdek, Turkiyaning Koç, Bahçeşehir hamda Medipol universitetlaridan taklifnomalar oldi.
Matvey Shabashov Yevropaning eng nufuzli universitetlaridan biri — Belgiyadagi KU Leuven (QS reytingi bo‘yicha 43-o‘rin) universitetiga o‘qishga qabul qilindi. Shuningdek, u Arizona State University, University of Nicosia va Pennsylvania State University (QS reytingi bo‘yicha 82-o‘rin) kabi oliygohlardan ham takliflar oldi. Uning IELTS’dan 8.0 ball olgani esa alohida faxrga loyiq natija bo‘lib, bu uning yuksak darajadagi akademik tayyorgarligi va ingliz tilini mukammal bilishini tasdiqlaydi.
Matvey o‘qishga kirish jarayonidagi yo‘lini eslab, shunday deydi:
“Orzungdagi universitetdan o‘qishga qabul qilinganing haqida xat olganingda, tayyorgarlik yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlaring bejiz ketmaganini anglaysan”.
Alisherxo‘ja Kattaxo‘jayev bir vaqtning o‘zida bir nechta xalqaro takliflarni qo‘lga kiritdi. Ular orasida Buyuk Britaniyadagi Newcastle University, Belgiyadagi KU Leuven, AQShdagi Pennsylvania State University (QS reytingi bo‘yicha 82-o‘rin), Kanadadagi Acadia University, Pragadagi Anglo-American University va Avstriyadagi Modul University kabi oliygohlar bor. Ayni paytda talaba Osiyoning eng kuchli universitetlaridan biri — Singapur Milliy Universitetidan (QS reytingi bo‘yicha 8-o‘rin) keladigan javobni kutmoqda.
Nozima Baxtiyorova ko‘plab nufuzli xalqaro universitetlardan takliflar oldi. Ular orasida Coventry University, Cardiff University, University of Leeds (QS reytingida 74-o‘rin), University of Reading, University of Kent, Kingston University, University of East London, University of Law, O‘zyeg‘in University va University of Birmingham Dubai (40% grant bilan) bor. Shuningdek, u Durham University javobini kutmoqda.
Nozima o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Men doim xalqaro muhitda o‘qishni va dunyoning turli burchaklaridan kelgan insonlar bilan muloqot qilishni orzu qilganman. Olingan takliflar bu maqsadim yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi”.
Xalimov Ibrohim Yaponiyadagi Kyoto University of Advanced Science’dan taklifnoma olib, dunyoning texnologik jihatdan eng ilg‘or mamlakatlaridan birida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Nigora Qudratillayeva Central Asian University’ga o‘qishga kirishni ko‘rib chiqmoqda. Uning bu tanlovi sifatli ta’lim va keng imkoniyatlar nafaqat xorijda, balki jadal rivojlanib, yoshlar uchun yangi ufqlarni ochayotgan O‘zbekistonning o‘zida ham mavjudligini eslatib turadi.
Layloxon Valijonova Buyuk Britaniyadagi University of Exeter, Avstraliyadagi University of Western Australia (QS reytingida 72-o‘rin), Oxford Brookes University va Italiyadagi University of Messina’dan taklifnomalar oldi.
Layloxon ta’kidlaydi:
“Bu yo‘l menga o‘zimga ishonishni hamda oldimga yuksak maqsad va vazifalar qo‘yishdan qo‘rqmaslikni o‘rgatdi. Ba’zan natijalar kutilganidan ham a’lo bo‘lar ekan”.
Invento the Uzbek International School ijrochi direktori Aleksey Semyonov maktab bitiruvchilarining ilk o‘qishga kirish natijalarini sarhisob qilar ekan, shunday dedi:
“Bugun Invento the Uzbek International School’ning birinchi bitiruvchilari jahon darajasidagi universitetlarning talabasiga aylanmoqda. Biz uchun bu shunchaki raqamlar, reytinglar va takliflar emas. Bu — sifatli xalqaro ta’lim, o‘qituvchilarning ko‘magi va o‘quvchilarning o‘z intilishi dunyoning eng nufuzli universitetlari eshiklarini ochib berishiga yaqqol dalildir. Biz har bir bitiruvchimiz bilan chin dildan faxrlanamiz va ularning eng katta yutuqlari hali oldinda ekaniga ishonamiz”.
Invento the Uzbek International School akademik yo‘nalishni faol rivojlantirishda va o‘quvchilar uchun xalqaro miqyosda imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.
Yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul yakunlandi. Ota-onalarga bildirgan ishonchi va maktabimizga bo‘lgan yuqori qiziqishi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz har bir bolaga individual yondashuv, qulay ta’lim muhiti va yuqori sifatli o‘qitishni ta’minlash maqsadida sinflardagi o‘quvchilar sonini ataylab 14 nafardan 17 nafargacha saqlab turibmiz.
Shu bilan birga, 2–11-sinflarga qabul davom etmoqda. Agar siz farzandingiz uchun xalqaro darajadagi ta’lim, kuchli akademik tayyorgarlik va g‘amxo‘r maktab muhitini istasangiz, biz sizni Invento bilan tanishtirishdan va qabul imkoniyatlari haqida so‘zlab berishdan mamnun bo‘lamiz.