“Mittigina qo‘llar — katta qalblar”: Invento the Uzbek International School o‘quvchilari ijodi ezgulik yo‘lida insonlarni birlashtirdi

Ashxobod Kampusi 01.07.2026 09:10

13–16-may kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida Invento the Uzbek International School tomonidan tashkil etilgan “Mittigina qo‘llar — katta qalblar” nomli Charity Art Exhibition xayriya ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha oddiy san’at ko‘rgazmasidan ancha keng ma’no kasb etdi. U bolalar ijodi orqali mehr, samimiyat va boshqalarga yordam berish g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi iliq makonga aylandi.



 Ko‘rgazmaning ochilish marosimida maktabning ijrochi direktori Aleksey Semyonov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

U o‘z nutqida Invento the Uzbek International School uchun nafaqat o‘quvchilarning akademik rivoji, balki ularda mas’uliyat, ongli yondashuv va boshqalarga yordam bera olish kabi muhim insoniy qadriyatlarni shakllantirish ham ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shunday tashabbuslar jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan yangi avlodni tarbiyalaydi.


Ko‘rgazmada 1–12-sinf o‘quvchilari tomonidan yaratilgan 435 ta ijodiy ish namoyish etildi. Har bir asar bolaning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari va atrof-muhitga bo‘lgan o‘ziga xos nigohini aks ettirdi.

“Bolalar o‘zini qanday ifodalaydi” hamda “Dunyo o‘quvchilar nigohida” mavzulari orqali bolalarning samimiy tasavvuri va san’atga bo‘lgan beg‘ubor qarashi namoyon bo‘ldi.



 Ko‘rgazma nafaqat madaniy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha sifatida ham e’tibor qozondi. Tadbir davomida yig‘ilgan barcha mablag‘ Mehrli Qo‘llar fondiga ehtiyojmand bolalarga yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirildi. Shu tariqa, har bir ijodiy ish ezgulik va qo‘llab-quvvatlash ramziga aylandi.



 Ko‘rgazma kuratori Yelena Peshkova xayriya insonning befarq bo‘lmaslik istagidan boshlanishini alohida qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, aynan shunday loyihalar jamiyatda o‘zaro yordam va saxovat madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Tadbir o‘quvchilar, ota-onalar, pedagoglar va mehmonlarni bitta ezgu maqsad — ijod orqali yaxshilik ulashish yo‘lida birlashtirdi. Ko‘plab o‘quvchilar uchun bu loyiha ilk bor san’atning nafaqat estetik, balki ijtimoiy ahamiyatini his qilish imkoniga aylandi.


 
Loyihaning hamkori sifatida Engelberg kompaniyasi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, mehr-oqibat, ijod va o‘zaro yordam qadriyatlarini targ‘ib etishga hissa qo‘shdi.

Charity Art Exhibition Invento the Uzbek International School hayotidagi muhim voqealardan biriga aylandi va ta’lim faqat bilim emas, balki shaxsni shakllantiruvchi qadriyatlar ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Ko‘rgazma davomida jami 16 280 000 so‘m mablag‘ yig‘ildi va ushbu summa allaqachon Mehrli Qo‘llar fondiga topshirildi.

Invento the Uzbek International School — 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan xalqaro maktab bo‘lib, ta’lim IB (International Baccalaureate) dasturi asosida olib boriladi. Maktabda akademik rivojlanish global fikrlash va muhim hayotiy qadriyatlarni shakllantirish bilan uyg‘unlashgan.

Media