Early Years PYP — bu IB tizimidagi birinchi bosqich bo‘lib, Primary Years Programme (PYP) dasturining boshlang‘ich darajasidir — eng yosh bolalar uchun mo‘ljallangan erta rivojlanish dasturi. Bu dastur bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, o‘zini mustaqil boshqarish ko‘nikmalari, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va g‘amxo‘rlik tuyg‘usini rivojlantirishga qaratilgan. Bolalar o‘yin, izlanish va mehr bilan tashkil etilgan muhit orqali dunyoni hamda o‘zlarini anglay boshlaydilar.

Inventoda Early Years Dasturi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi va Tashkent City Kampusidagi erta rivojlanish maktabida amalga oshiriladi. Taʼlim jarayoni IB standartlari hamda erta yoshdagi taʼlim sohasidagi eng yaxshi xalqaro amaliyotlar asosida tashkil etiladi. Har bir bolaning individual qiziqishlari inobatga olinib, o‘quv muhitining tabiiy va qiziqarli bo‘lishi taʼminlanadi. Aynan shu yerda biz bolaning keyingi bosqichdagi muvaffaqiyatli taʼlimi hamda 1-sinfga o‘tishini oson va ishonchli qilish uchun zarur tayyorgarlikni yaratamiz.

IB EY O'quv Dasturi

IB Early Years dasturi hayotning boshlang‘ich bosqichlaridan boshlab muhim ko‘nikmalar — fikrlash, muloqot va o‘zini mustaqil boshqarish ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Maktabimizda Early Years dasturi quyidagi to‘rt bosqichga bo‘lingan:

  • Toddlers (2–3 yosh)
  • Early Years 1 (3–4 yosh)
  • Early Years 2 (4–5 yosh)
  • Preschool (5–6 yosh)

Har bir sinfda o‘quv kuni aniq jadval asosida tashkil etilgan: 9:00 dan 15:30 gacha akademik mashg‘ulotlar, undan keyin esa to‘garaklar va klub darslari o‘tkaziladi. Darslar 30 daqiqalik bloklarda, tanaffuslar bilan olib boriladi.

Early Years 1 bosqichidan boshlab taʼlim toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Darslar kichik guruhlarda tashkil etiladi, bolalar mustaqil va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Dastur faqat akademik fanlargina emas, balki suzish mashg‘ulotlari, musiqa darslari, ochiq havodagi faoliyatlar, massaj seanslari hamda logoped bilan guruhli, zarur bo‘lsa, individual mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Dastur bolaning rivojlanishidagi olti asosiy yo‘nalish atrofida qurilgan:

  • Jismoniy rivojlanish: yirik va mayda motorika, tana harakatlarini muvofiqlashtirish, faol o‘yinlar
  • Ijtimoiy va emotsional rivojlanish: his-tuyg‘ularni tushunish, boshqalar bilan muloqot, g‘amxo‘rlik va empatiya
  • SNutqiy rivojlanish: so‘z boyligini oshirish, izchil nutqni rivojlantirish, tinglay olish va fikrni ifoda etish, ingliz tiliga bosqichma-bosqich kirish
  • Kognitiv rivojlanish: qiziquvchanlikni shakllantirish, mantiqiy fikrlash, sanash, dastlabki ilmiy tasavvurlarni rivojlantirish
  • Badiiy-estetik rivojlanish: musiqa, rasm chizish, kulolchilik san’ati
  • O‘zini mustaqil boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish: o‘ziga g‘amxo‘rlik, atrof-muhitni samarali tashkil etish va kun tartibini rejalashtirishda ishtirok etish

Почему стоит изучать EY в Invento?

Early Years Dasturi o‘quvchilari:

  1. O‘yin, sezgi orqali idrok va ijodiy faoliyatlar orqali o‘rganadilar
  2. Ingliz tilini jonli va tabiiy muhitda o‘zlashtiradilar
  3. O‘zini mustaqil boshqarish, emotsional intellekt va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar
  4. Maktab muhitiga va kunlik tartibga o‘rganadilar
  5. Keyingi bosqich — boshlang‘ich maktabdagi IB PYP dasturi bo‘yicha ta’limga tayyorlanadilar

Уникальный подход Invento в дошкольном образовании

Invento Erta Rivojlanish maktabi — bu O‘zbekistonda yangi tushuncha bo‘lib, u bog‘cha va maktabning eng yaxshi jihatlarini birlashtiradi. Biz bolalar kichik yoshdan boshlab o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan, biroq o‘yin shakli saqlanib qoladigan muhit yaratamiz. An’anaviy bog‘chalardan farqli o‘laroq, bizda akademik ta’lim ustuvor hisoblanadi — biz bolalarni fikrlashga, savollar berishga, izlanishga hamda til, matematika, fan va ijod orqali o‘zini ifoda etishga o‘rgatamiz.

Bunda biz maktabgacha taʼlimning eng yaxshi jihatlarini saqlab qolamiz: individual eʼtibor, iliq muhit, o‘yin orqali rivojlanish hamda har bir bolaning rivojlanish tezligi va ehtiyojlariga hurmat bilan yondashamiz. Diqqat markazida esa bolaning shaxsi, uning qiziqishlari va tabiiy rivojlanish jarayoni turadi.

Biz g‘amxo‘rlik, ishonch va hurmatga asoslangan muhit yaratamiz. Bolalarga bilimni majburan singdirmaymiz, balki ular o‘zlarini xavfsiz his qiladigan va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqish uyg‘onadigan muhit yaratamiz.

Barcha pedagoglar IB standartlari asosida muntazam malaka oshirishdan o‘tadilar, kuzatuv, hujjatlashtirish va refleksiya usullaridan foydalanadilar hamda ta’lim jarayonini ota-onalar bilan yaqin hamkorlikda tashkil etadilar.

Biz erta ta’limning maqsadi — bu shunchaki maktabga tayyorlash emas, balki mustaqil fikrlaydigan, chuqur his qiladigan va atrofdagi dunyo bilan hurmat va qiziqish bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan, barkamol, muvozanatli va ongli shaxsni shakllantirish deb hisoblaymiz. IB falsafasidan ilhomlanib, biz oddiy o‘quvchilar emas, balki mustaqil fikrlaydigan, ijodkor va o‘ziga ishongan kelajak tadqiqotchilarini voyaga yetkazamiz.



Erta rivojlanish maktabida ta’lim an’anaviy “darslar” shaklida emas, balki IB tomonidan tavsiya etilgan olti yo‘nalish asosida tashkil etiladi. Ushbu yo‘nalishlar bola dunyoni yaxlit tarzda anglashiga yordam beradi va keyingi ta’lim uchun mustahkam poydevor yaratadi.

1

1. Shaxsiyat va ijtimoiy rivojlanish (Who we are)

Bolalar o‘zlari, oilasi, do‘stlari, his-tuyg‘ulari va munosabatlar haqida ko‘proq bilib oladilar. Misol: bolalar jahldan chiqish sabablari va hissiyotlarni so‘z orqali qanday ifodalash mumkinligini muhokama qiladilar, “oila daraxti” yasaydilar va “oilada bir kun” mavzusida ijodiy sahna o‘yinlarini ijro etadilar.

2

2. Ijtimoiy va madaniy dunyo (How we organize ourselves)

Jamiyat qanday tashkil topgani, kasblar nimaligi, qoidalar nima uchun kerakligi va odamlar qanday hamkorlikda ishlashi haqida izlanadilar. Misol: “nonvoyxona” yoki “kasalxona” o‘yinlarini o‘ynaydilar, bog‘cha qanday ishlashini o‘rganadilar, o‘z “sinf qoidalari”ni yaratadilar.

3

3. Tabiiy fanlar va atrof-muhit (How the world works)

Tabiat hodisalari, hayvonlar, o‘simliklar va oddiy ilmiy tushunchalar bilan tanishadilar. Misol uchun: urug‘ ekib, o‘simlik qanday o‘sishini kuzatadilar, suvning uch holatini o‘rganadilar, magnitlar bilan tajriba o‘tkazadilar.

4

4. Muloqot va tillar (How we express ourselves)

Bolalar o‘z fikrlarini nutq, san’at, harakat, musiqa va teatr orqali ifoda etishni o‘rganadilar. Misol uchun: ular hissiyotlarini chizish orqali ifodalaydi, ertaklar so‘zlaydi, turli tillarda qo‘shiqlar kuylaydi va kichik sahna chiqishlarida qatnashadi.

5

Matematik tushunchalar (Where we are in place and time)

Bolalar makon va vaqtni anglashni, sanash, shakllar, ketma-ketlik va solishtirishni o‘rganadilar. Misol uchun: kubiklardan turli o‘lchamdagi uylar quradilar, ob-havo kalendarini yaratadilar, o‘yinchoqlarni sanaydilar va “ko‘proq”, “balandroq” kabi tushunchalarni solishtiradilar.

6

Jismoniy rivojlanish va farovonlik (Sharing the planet)

Bolalar yirik va mayda motorika ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, o‘ziga va boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganadilar, sog‘lom turmush tarzini shakllantiradilar. Misol uchun: ochiq havoda o‘ynaydilar, qo‘lni to‘g‘ri yuvishni o‘rganadilar, o‘yinchoqlarni bo‘lishish va odobli bo‘lish nega muhimligini muhokama qiladilar.

Invento The Uzbek International Schoolda ta'lim olishni istaysizmi?

Ariza topshirish