Invento
bitiruvchilari

2026-yilda Invento the Uzbek International School o‘zining ilk bitiruvini nishonladi. Bu bilan yangi sahifa ochildi: u sinfxonadan tashqariga chiqib, bir umrga tatigulik qadrli rishtalarga aylanadi.

Bitiruvchilarni ko‘rish
2026

Birinchi bitiruv

13

Mamlakatlar
va yo‘nalishlar

9

QS TOP 100 universitetlardan takliflar

Profillar

Bizning bitiruvchilar

Invento bitiruvchilari IB o‘quvchi profilini o‘zida to'la mujassam etgan: ular izlanuvchan, bilimdon, qat'iy prinsiplarga ega, teran fikrli hamda shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoga o'z hissasini qo‘shishga intiluvchan yoshlardir.

Maktab 2026-yilda o'zining ilk bitiruvchilarini uchirma qildi. Ushbu o‘quvchilar keyingi avlodlar uchun o'ziga xos mezon yaratdilar: yuksak akademik natijalar, matonat va keng dunyoqarash.

Eng yaxshi bitiruvchi

2026-yil bitiruvchisi

Matvei
Shabashov

2026-yil bitiruvchisi

Afruza
Yusufalieva

2026-yil bitiruvchisi

Alisherkhuja
Kattakhodjaev

2026-yil bitiruvchisi

Nozimakhon
Bakhtiyorova

2026-yil bitiruvchisi

Ibrahim
Khalimov

2026-yil bitiruvchisi

Laylokhon
Valijonova

2026-yil bitiruvchisi

Nigora
Kudratillaeva

Invento bilan aloqa

Maktab bilan bog‘lanish

Invento va uning bitiruvchilari o‘rtasidagi rishtalar bitiruv oqshomi bilangina yakunlanmaydi. Bu yerda siz maktab bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog'lanishingiz, o'z yangiliklaringizni baham ko'rishingiz hamda maktabning kelgusi rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.

Bitiruvchilar maktabga turli maqsadlarda murojaat qilishlari mumkin: umumiy savollar, ta'lim jarayoni haqidagi fikr-mulohazalar, takomillashtirish bo'yicha g‘oyalar, loyiha va hamkorlik takliflari, shuningdek, Invento hamjamiyati bilan bo‘lishmoqchi bo‘lgan shaxsiy va akademik yutuqlar. Sizning har bir xabaringiz maktab va bitiruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi.

Nima maqsadda yozishingiz mumkin?

  • Umumiy savollar
  • Maktab haqidagi fikr-mulohazalar
  • Maktabni takomillashtirish g‘oyalari
  • Loyiha va hamkorlik takliflari
  • Erishilgan yutuqlar bilan bo‘lishish

Bitiruvchilar bilan aloqa shakli

Maktab bilan bog‘lanish uchun quyidagi shaklni to‘ldiring. Har bir murojaat mas'ul jamoa tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli bo‘limga yo‘naltiriladi.

Bitiruvchilarning fikr-mulohazalari, g‘oyalari va yangiliklari butun maktab hamjamiyatini yanada mustahkamlaydi.

Fikrlar

Bitiruvchilarimiz tilidan

2026-yil bitiruvchilari Inventodagi IB ta’lim tizimi ularda o'ziga nisbatan ishonch, kelajak yo‘nalishi va qat'iy maqsad hissini qanday shakllantirgani haqida so'zlab berishdi.

Eng yaxshi bitiruvchi 2026-yil bitiruvchisi

Matvei Shabashov

"Invento’da o‘qish men uchun hayotimdagi eng muhim burilishlardan biri bo‘ldi. Bu maskan meni mustaqil fikrlashga, ilm yo'lida va shaxs sifatida tinimsiz o‘sishga undadi. IB dasturi hamda o‘qituvchilarimizning kuchli qo‘llab-quvvatlashi menga ishonch, keng dunyoqarash va aniq maqsadlar in’om etdi. Ular qiziqishlarimni chuqurroq o‘rganishimga turtki bo'lishdi va universitetga hujjat topshirish jarayonida to'g'ri yo‘l ko‘rsatishdi. Shu tufayli dunyoning nufuzli universitetlariga hujjat topshirib, ulardan ijobiy javoblar oldim. 2026-yilning eng yaxshi bitiruvchisi sifatida, Invento bergan ta’lim va imkoniyatlarga tayanib, katta hayotga qadam qo'yishga tayyor avlod vakili ekanligimdan faxrlanaman."

Tibbiyot

Afruza Yusufalieva

"Invento tibbiyot sohasidagi yo‘limni belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynadi. IB dasturi va o‘qituvchilarimizning beqiyos ko'magi tufayli menda mustahkam bilim bazasi, tanqidiy fikrlash ko'nikmasi shakllandi va maqsadim sari og'ishmay harakat qilishni o'rgandim. Universitetga hujjat topshirishning har bir bosqichida ularning yo‘l-yo‘riqlari asqatdi va buning natijasida tibbiyot bo‘yicha yetakchi xalqaro universitet talabasi bo'lish baxtiga muyassar bo'ldim. Invento orzularimni haqiqatga aylantirishim uchun zarur bo'lgan ishonch va chuqur bilimni bera oldi."

Biznes va iqtisodiyot

Alisherkhuja Kattakhodjaev

"Invento menda biznes va iqtisodiyotga bo'lgan qiziqishni shakllantirishda poydevor vazifasini o‘tadi. IB dasturi orqali men kuchli tahliliy fikrlash, muammolarni samarali hal qilish ko‘nikmalarini o'zlashtirdim hamda xalqaro bozorlar va moliya borasida keng dunyoqarashga ega bo‘ldim. O‘qituvchilar va universitet maslahatchilarining yordami maqsadlarimni to'g'ri belgilashga va hujjat topshirish bosqichlaridan ishonch bilan o‘tishimga xizmat qildi. Natijada, o'zim tanlagan yo‘nalish bo‘yicha xorijdagi nufuzli universitetlarga qabul qilindim. Invento menga global miqyosda muvaffaqiyatli karyera qurishim uchun zarur bo'lgan mustahkam bilim va zamonaviy dunyoqarashni taqdim etdi."

2026-yil bitiruvchisi

Nozimakhon Bakhtiyorova

"Invento men uchun har tomonlama o‘sish, doimiy qo‘llab-quvvatlov va o‘zligimni anglash maskaniga aylandi. O‘qish yillari davomida bu yerda meni o‘z imkoniyatlarimni sinab ko'rishga, yangi qiziqishlarimni kashf etishga, ilm yo'lida va barkamol shaxs sifatida rivojlanishga doimo ruhlantirishdi. O‘qituvchilarimiz har doim yonimizda turib, to'g'ri yo‘l ko‘rsatishdi, qo‘llab-quvvatlashdi hamda qalbimizda o'zimizga bo'lgan ishonch va matonatni shakllantirishga yordam berishdi. Yillar o'tgani sari men yanada mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi keng va qat’iyatli insonga aylandim. Invento meni nafaqat universitetga tayyorladi, balki bugungi shaxsiyatimni shakllantirishda beqiyos hissa qo'shdi."

Biznes va iqtisodiyot

Ibrahim Khalimov

"Invento menda biznes va iqtisodiyotga bo'lgan qiziqishni shakllantirishda poydevor vazifasini o‘tadi. IB dasturi orqali men kuchli tahliliy fikrlash, muammolarni samarali hal qilish ko‘nikmalarini o'zlashtirdim hamda xalqaro bozorlar va moliya borasida keng dunyoqarashga ega bo‘ldim. O‘qituvchilar va universitet maslahatchilarining yordami maqsadlarimni to'g'ri belgilashga va hujjat topshirish bosqichlaridan ishonch bilan o‘tishimga xizmat qildi. Natijada, o'zim tanlagan yo‘nalish bo‘yicha xorijdagi nufuzli universitetlarga qabul qilindim. Invento menga global miqyosda muvaffaqiyatli karyera qurishim uchun zarur bo'lgan mustahkam bilim va zamonaviy dunyoqarashni taqdim etdi."

2026-yil bitiruvchisi

Laylokhon Valijonova

"Invento men uchun har tomonlama o‘sish, doimiy qo‘llab-quvvatlov va o‘zligimni anglash maskaniga aylandi. O‘qish yillari davomida bu yerda meni o‘z imkoniyatlarimni sinab ko'rishga, yangi qiziqishlarimni kashf etishga, ilm yo'lida va barkamol shaxs sifatida rivojlanishga doimo ruhlantirishdi. O‘qituvchilarimiz har doim yonimizda turib, to'g'ri yo‘l ko‘rsatishdi, qo‘llab-quvvatlashdi hamda qalbimizda o'zimizga bo'lgan ishonch va matonatni shakllantirishga yordam berishdi. Yillar o'tgani sari men yanada mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi keng va qat’iyatli insonga aylandim. Invento meni nafaqat universitetga tayyorladi, balki bugungi shaxsiyatimni shakllantirishda beqiyos hissa qo'shdi."

Biznes va iqtisodiyot

Nigora Kudratillaeva

"Invento menda biznes va iqtisodiyotga bo'lgan qiziqishni shakllantirishda poydevor vazifasini o‘tadi. IB dasturi orqali men kuchli tahliliy fikrlash, muammolarni samarali hal qilish ko‘nikmalarini o'zlashtirdim hamda xalqaro bozorlar va moliya borasida keng dunyoqarashga ega bo‘ldim. O‘qituvchilar va universitet maslahatchilarining yordami maqsadlarimni to'g'ri belgilashga va hujjat topshirish bosqichlaridan ishonch bilan o‘tishimga xizmat qildi. Natijada, o'zim tanlagan yo‘nalish bo‘yicha xorijdagi nufuzli universitetlarga qabul qilindim. Invento menga global miqyosda muvaffaqiyatli karyera qurishim uchun zarur bo'lgan mustahkam bilim va zamonaviy dunyoqarashni taqdim etdi."

Bitiruvchilarimiz qaysi oliygohlarga qabul qilindi?

Invento o‘quvchilari dunyoning turli burchaklaridagi oliygohlarga hujjat topshirishdi: Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va O‘zbekiston shular jumlasidandir. Ularning har biri tanlagan yo‘l shaxsiy maqsadlarni, yuqori akademik ko'rsatkichlarni va maktab tomonidan qo‘llab-quvvatlangan puxta rejani aks ettiradi.

O‘quvchilarga turli xalqaro tizimlar hamda oliygohlarga hujjat topshirish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatildi. Bunga Common App, UCAS va bevosita universitetlarning rasmiy saytlari orqali topshiriladigan arizalar kiradi. Dastlabki qidiruv bosqichidan tortib to yakuniy arizani yuborishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar o'quvchining arizasi ta'sirchan, o‘ziga xos va raqobatbardosh bo‘lishini ta'minlashga qaratildi.

Dunyo bo‘ylab universitetlar sari yo‘l

Bitiruvchilarimiz tanlagan yo‘nalishlar maktabning xalqaro miqyosdagi dunyoqarashini aks ettiradi. O‘quvchilarimiz o'zlarining akademik qiziqishlari, shaxsiy maqsadlari va kelajakdagi kasblariga to'la mos keladigan oliygohlarni sinchiklab tanlab olishdi. Ushbu ro‘yxatdan har bir o‘quvchining shaxsiy profili va maqsadlariga qarab, tanlov darajasi yuqori bo'lgan oliygohlar, ixtisoslashtirilgan dasturlar va nufuzli mintaqaviy universitetlar o'rin oldi.

O‘quvchilarimiz qayerga — Buyuk Britaniyaga UCAS, AQSHga Common App orqali yoxud Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Kanada va O‘zbekistondagi oliygohlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishidan qat'i nazar, maktab ularni xalqaro tizimlarning turli talablarini ishonch va aniqlik bilan bajarishga mukammal tayyorladi.

  • Osiyo
  • Yaqin Sharq
  • Yevropa
  • Buyuk Britaniya
  • AQSH
  • Kanada
  • O‘zbekiston

Bitiruvchilar yo'nalishlari

Maktab o‘quvchilarni qanday qo‘llab-quvvatladi?

Universitet tanlash borasidagi yo‘l-yo‘riqlar har bir o'quvchiga individual va amaliy tarzda olib borildi. O‘quvchilar universitet maslahatchilari bilan muntazam uchrashib turishdi: shaxsiy maqsadlarni muhokama qilishdi, topshiriladigan oliygohlar ro‘yxatini tuzishdi, qabul talablarini ko‘rib chiqib, muhim muddatlarni doimiy nazorat qilib borishdi.

  • Universitet tanlash bo'yicha individual maslahatlar
  • Mos universitetlarning muvozanatli ro‘yxatini tuzish
  • Common App va UCAS arizalarini to'ldirishda yordam
  • Ariza topshirish rejasi va muhim muddatlarni nazorat qilish
  • Motivatsion xat va esselar yozishda yordam
  • Rezyume va o‘quvchi profilini shakllantirish
  • Qabul suhbatlariga tayyorgarlik
  • Turli mamlakatlarning qabul talablari bo‘yicha maslahatlar

Arizani tayyorlash

O‘quvchilarimiz raqobatbardosh ariza tayyorlashni qadam-baqadam o‘rganib borishdi: bunga mukammal rezyume, darsdan tashqari erishilgan yutuqlar, ta'sirchan motivatsion xat, esse va suhbatga tayyorgarlik kiradi. Har bir qadamda ularga individual yondashilib, qimmatli maslahatlar berildi.

Karyera va universitet yo‘li

O‘quvchilar va ularning ota-onalari maslahat olish, ariza topshirish va kelajakni rejalashtirish bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar bilan karyera sahifamizda batafsil tanishishlari mumkin.

Karyera va qo‘llab-quvvatlash xizmati

Bitiruv yakunlari

2026-yilgi bitiruv: qisqacha raqamlarda

O‘quvchilarimizning natijalari, qabul ko'rsatkichlari, qo'lga kiritilgan stipendiyalar va tanlangan yo‘nalishlar statistikasi — ilk bitiruvimizning qisqacha manzarasi.

40+ Universitetlardan takliflar
13 Mamlakat
100% Eng yuqori stipendiyalar
University of Messina
King's College London
Koç University
Bahçeşehir University
Kingston University London
Florida International University
Kyoto University of Advanced Science
University of Messina
King's College London
Koç University
Bahçeşehir University
Kingston University London
Florida International University
Kyoto University of Advanced Science
University of Manchester
National University of Singapore
Penn State University
University of Minnesota
University of Wisconsin
University of Illinois Chicago
University of Western Australia
University of Manchester
National University of Singapore
Penn State University
University of Minnesota
University of Wisconsin
University of Illinois Chicago
University of Western Australia
KU Leuven
Coventry University
University of Amsterdam
University of Leeds
University of Reading
Cardiff University
KU Leuven
Coventry University
University of Amsterdam
University of Leeds
University of Reading
Cardiff University

Tadbirlar va bitiruv

Bitiruv oqshomi va uchrashuvlar

Invento’da o'tkazilgan bitiruvchilar tadbirlari umumiy tajriba, ulkan maqsadlar va keng dunyoqarash atrofida birlashgan yosh hamjamiyatimizni o'zida jamladi. Ushbu sahifa bitiruv marosimlari, diydorlashuv uchrashuvlari va muloqot kechalarini o‘zida mujassam etgan o'ziga xos markazdir. Har bir o'tkazilgan tadbir qadrli aloqalarni yanada mustahkamlaydi, erishilgan yutuqlarni bayram qiladi va turli yillardagi bitiruvchilar avlodlari o‘rtasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi.

Bitiruv — bu shunchaki yakun emas, balki shaxsiy va kasbiy yuksalishingizni doimiy qo‘llab-quvvatlaydigan faol bitiruvchilar tarmog‘iga qo'shilish imkoniyatidir. Uchrashuvlar eski do'stlar bilan qayta ko‘rishish, o‘tgan onlarni yodga olish va yangi g‘oyalar almashish uchun ajoyib muhit yaratadi. Bitiruvchilar ishtirokidagi tadbirlar esa mentorlik, hamkorlik hamda qadrdon maktabga daxldorlik hissini yanada kuchaytiradi. Invento bitiruvchilari dunyoning qaysi burchagiga bormasinlar, maktabda shakllangan yuksak qadriyatlar, chuqur bilim, hayotiy ko‘nikmalar va keng dunyoqarashni o'zlari bilan olib ketadilar — hamda ularni doimo intiq kutib oladigan qadrdon go'shalari borligini his qilib yashaydilar.

Bo'lib o'tgan tadbir

Invento bitiruv marosimi 2026

Invento the Uzbek International School o'zining ilk bitiruvini faxr bilan nishonladi. O‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda faxriy mehmonlar ushbu tarixiy oqshomni birgalikda qarshi oldilar.

  • Sana 2026-yil 20-iyun
  • Vaqt 18:00
  • Joy Hilton Hotel

Ushbu tantanali marosim 2026-yil bitiruvchilarining ulkan yutuqlarini sarhisob qildi hamda ularning "Invento bitiruvchilari" maqomidagi yangi hayot yo‘lini boshlab berdi.

Tadbir tafsilotlarini ko‘rish

Transkriptni tekshirish

Transkriptni tekshirish

Invento the Uzbek International School bitiruvchilar va turli tashkilotlar so‘roviga binoan, akademik transkriptlarni rasmiy tarzda tasdiqlab beradi: jarayon aniq, shaffof va o‘z vaqtida amalga oshiriladi. Ushbu xizmat universitetlar, ish beruvchilar hamda hamkorlarga Invento bitiruvchilarining ta’lim hujjatlari haqiqiyligini tekshirishda yaqindan yordam beradi.

Bitiruvchi oliygohga qabul qilinish, o‘qishni ko‘chirish yoki kasbiy faoliyat talablari yuzasidan transkript tekshiruvini so‘rashi mumkin. Barcha murojaatlar maktabning akademik qoidalari hamda ma’lumotlarni himoya qilish standartlariga qat’iy rioya qilingan holda ko‘rib chiqiladi: ma’lumotlar faqatgina vakolatli tomonlarga va mutlaqo xavfsiz tarzda taqdim etiladi. Hujjatning aslligini saqlash hamda unga ruxsatsiz o‘zgartirishlar kiritilishining oldini olish maqsadida har bir tasdiqnoma bevosita maktab ma'muriyati tomonidan beriladi.

Diplomni tekshirish bo'yicha so‘rovnoma

Barcha so‘rovlar maxfiylik asosida ko‘rib chiqiladi va faqat vakolatli tomonlarga yuboriladi.

O‘quvchi ma’lumotlari

Diplom turini tanlang (bittasini)

Hujjatni yuklash

So‘rov yuboruvchi ma’lumotlari

Tasdiqnomani yuborish

Vakolat