Invento the Uzbek International School rasman Council of International Schools (CIS) safiga qo‘shildi — sifatli ta’lim va yuqori jahon standartlariga intiladigan maktab va universitetlarning xalqaro hamjamiyati.
Invento the Uzbek International School Council of International Schools (CIS) a’zosi bo‘ldi
CIS a’zoligi maktab rivoji uchun yangi imkoniyatlar ochadi. INVENTO jamoasi xalqaro ta’lim resurslari, tadqiqotlar, vebinarlar, kasbiy tadbirlar va pedagoglar tajriba almashadigan CIS Community platformasiga ega bo‘ladi.
CIS’ga qo‘shilish — INVENTO’ning xalqaro maktab sifatida rivojlanishidagi yana bir muhim qadam. Bu ta’lim muhitini doimiy takomillashtirish, kasbiy hamjamiyatni rivojlantirish va o‘quvchilarning muvaffaqiyatli kelajagi uchun yanada ko‘proq imkoniyat yaratishga intilishimizni tasdiqlaydi.