Chegarasiz ta’lim: Invento the Uzbek International School Glazgodagi xalqaro ta’lim konferensiyasida

Ashxobod Kampusi 24.09.2026 11:02
1

Invento the Uzbek International School vakillari Glazgo şahrida bölib ötgan Yevropa xalqaro ta’lim assotsiatsiyasining (European Association for International Education — EAIE) 36-yillik konferensiyasi va körgazmasida iştirok etdilar.

EAIE Conference and Exhibition har yili dunyoning turli mamlakatlaridan universitetlar, maktablar, ta’lim taşkilotlari vakillari va mutaxassislarni bir joyga jamlaydi. Ushbu tadbir muloqot qiliş, tajriba almaşiş hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim maydon hisoblanadi. Invento the Uzbek International School EAIE 2026 konferensiyasida iştirok etib, xalqaro ta’lim sohasidagi eng yirik tadbirlardan birida Özbekistonni namoyon etdi.

1

Konferensiya The Rhythm of Revolution («İnqilob ritmi») şiori ostida ötkazilib, xalqaro ta’lim sohasida yuz berayotgan özgarişlarga bağişlandi. Glazgoda 100 dan ortiq mamlakatdan 7 000 nafardan ziyod mutaxassis va 1 200 dan ortiq taşkilot vakillari jamlandi. Dasturdan 240 dan ortiq uçraşuv, muhokama va tadbirlar örin oldi. Ularda iştirokçilar özaro tajriba almaşib, ta’limdagi yangi yondaşuvlar hamda turli mamlakatlar ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

1

Invento uçun EAIE 2026 konferensiyasida iştirok etiş nafaqat maktabni xalqaro ta’lim hamjamiyatiga taniştiriş, balki xorijiy universitetlar va ta’lim muassasalari vakillari bilan yangi professional aloqalar örnatiş imkoniyatini ham yaratdi.

Konferensiya davomida Invento vakillari xorijiy hamkorlar bilan uçraşib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari va yangi istiqbollarni muhokama qildilar. Xorijiy universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi. Maktab uçun talabalarga sifatli ta’lim beriş bilan birga, ularni universitetlarga kiriş va xorijda ta’limni davom ettirişga tayyorlaş ham muhim ahamiyatga ega.

1

Xalqaro hamkorlik Invento the Uzbek International School rivojlanişining ajralmas qismidir. International Baccalaureate (IB) dasturlarining töliq bosqiçlari — PYP, MYP va DP — böyiça ta’lim beruvçi IB World School sifatida Invento talabalarda global dunyoqaraş, mustaqil fikrlaş va dunyoning turli mamlakatlarida ta’limni davom ettirişga tayyorgarlikni şakllantiradigan ta’lim muhitini yaratadi.

EAIE 2026 konferensiyasida iştirok etiş Inventoning xalqaro miqyosdagi rivojlanişida muhim qadam böldi. Konferensiyada Özbekiston nomidan qatnaşgan maktab jamoasi dunyoning turli mamlakatlaridagi universitetlar va ta’lim taşkilotlari bilan yangi aloqalar örnatdi. Kelgusida ushbu hamkorlik Invento talabalariga xalqaro ta’lim dasturlarida iştirok etişdan tortib, xorijiy universitetlarga öqişga kirişgacha bölgan yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.

2026–2027-öquv yili uçun qabul davom etmoqda — maktabda atigi 13 ta boş örin qolgan. Farzandi uçun hali maktab tanlayotgan ota-onalar Invento bilan yaqindan tanişiş, kampusga taşrif buyuriş hamda ta’lim dasturlari va öqituvchilar haqida batafsil ma’lumot oliş imkoniyatiga ega.