Atrof-muhitga ğamxörlik katta gaplardan emas, balki oddiy kundalik harakatlardan boşlanadi: ortiqça plastikdan voz keçiş, çiqindilarni töğri saralaş va ular taşlab yuborilgandan keyin nima bölişi haqida öylab köriş.
Invento the Uzbek International Schoolda bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanişni kamaytiriş va bolalarda ilk yoşdan ekologik mas’uliyatli odatlarni şakllantirişga qaratilgan Plastic-Free Challenge ekologik taşabbusi boşlandi. Taşabbusning asosiy maqsadi — bolalarga tabiatga ğamxörlik oddiy kundalik harakatlardan boşlanişini körsatiş.
Ekologik odatlar bolalikdan şakllanadi. Şu sababli Plastic-Free Challenge maktabning har ikki kampusini birlaştirdi: 2 yoşdan 6 yoşgacha bölgan bolalar ta’lim oladigan Tashkent City Campus hamda 1–12-sinf talabalari öqiydigan Ashgabat Campus.