O'quv dasturlari

Invento The Uzbek International School to‘liq vakolatli Xalqaro Bakalavriat (IB Continuum School) maktabi hisoblanadi. Biz Xalqaro Bakalavriatning butunjahon hamjamiyati a’zosi sifatida IB maktablari uslubini qo‘llab-quvvatlaymiz hamda mazmunli va sifatli xalqaro ta’lim beramiz.

Xalqaro Bakalavriat (IB) Dasturi bolalarga dunyoni anglashda, har tomonlama rivojlanishda va hayotning xilma-xilligini o‘rganishda yordam beradi. Barcha o‘quvchilar tug‘ma qobiliyatlarini takomillashtirish, yangi ko‘nikmalarni egallash va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Invento UIS o‘quv dasturlari quyidagi yoshdagi bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlaydi:

  • 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan Erta Rivojlanish Dasturi bosqichi;
  • 1-sinfdan 5-sinfgacha bo‘lgan Boshlang‘ich Ta'lim Dasturi bosqichi;
  • 6-sinfdan 10-sinfgacha bo‘lgan O‘rta Ta'lim Dasturi bosqichi;
  • 11-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan Diplom Dasturi bosqichi.
Akkreditatsiya haqida batafsil bilish: www.ibo.org rasmiy veb-saytida

Erta Rivojlanish Dasturi (EYP) o‘yin shaklida bolalarga boshlang‘ich maktabga ravon o‘tish uchun zarur bo‘lgan muhim ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yordam berish maqsadida yaratilgan. Bu yoshda ta’lim mustaqillik, ijtimoiylashuv va o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi asosiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi.

O‘yin muhiti bolalarda tabiiy qiziqish va o‘rganish istagini uyg‘otadi, bu esa keyingi akademik yutuqlarga zamin yaratadi.

Boshlang‘ich Ta’lim Dasturi (PYP) bolaning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan. Ushbu dasturning asosiy xususiyati 6 ta fanlararo mavzu orqali bilimlarni birlashtirish bo‘lib, bu bolalarga o‘quv fanlari va real hayot o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rishga yordam beradi. O‘quvchilar tillar, matematika, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, san’at va jismoniy tarbiya kabi 6 ta asosiy fan sohalarini o‘rganadilar.

PYP bolalarni shunchaki ma’lumotlarni yodlashga emas, balki atrofdagi dunyoni o‘rganish va tahlil qilishga o‘rgatadi. Dastur tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi – bu kelajakda muvaffaqiyatli ta’lim olish uchun muhim sifatlardir.

O‘rta Ta’lim Dasturi (MYP) o‘quvchilarda o‘quv fanlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni va ularni hayotda qo‘llashni chuqurroq tushunishni rivojlantirishga qaratilgan. O‘quvchilar loyihalar va tadqiqot ishlari ustida ishlash orqali tanqidiy, ijodiy va tahliliy fikrlashni o‘rganadilar. Dasturning muhim jihati madaniyatlararo farqlarni qabul qilish va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishdir.

MYP o‘quvchilarga o‘z-o‘zini tashkil etish, tadqiqot qilish va tahlil asosida qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash orqali yuqori sinflarga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.

Diplom Dasturi (DP) o‘quvchilarni universitetga kirishga va kelajakdagi kasbni tanlashga tayyorlashga qaratilgan. O‘qishning so‘nggi ikki yilida fanlarni chuqur o‘rganish, diplom ishini himoya qilish va bitiruv imtihonlarini topshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Dastur mustaqil ta’lim olish, tanqidiy fikrlash va global jamiyatda hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

DP ning asosiy afzalligi nafaqat akademik tayyorgarlik, balki universitetda muvaffaqiyatli o‘qish va keyingi karyera uchun zarur bo‘lgan salohiyat va mas’uliyatni shakllantirishidan iboratdir.

Invento The Uzbek International Schoolda ta'lim olishni istaysizmi?

Ariza topshirish